Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

100 000 soʻmlik kupyura 25 fevraldan muomalaga chiqariladi

18.02.2019

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank 2019 yilning 25 fevralidan boshlab qiymati 100 000 soʻm boʻlgan banknota koʻrinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisida ma’lum qildi.

 

Qiymati 100 000 soʻm boʻlgan banknotaning mavzusi (tematikasi) buyuk oʻzbek olimi Mirzo Ulugʻbek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bagʻishlangan.

 

Banknotaning oʻlchami 144 х 78 mm boʻlib, maхsus himoyalangan qogʻozda chop etilgan. Banknotaning oʻng tarafidagi oq oval qismida Mirzo Ulugʻbek surati koʻrinishidagi lokal suv belgisi va 100 000 raqami koʻrinishida filigran suv belgisi joylashgan.

 

 

Banknotaning oʻng tarafidagi qogʻoz qatlamida kengligi 5 mm 3D effektga ega boʻlgan, yuqori himoyali, shoʻngʻuvchi, banknotaning ustki qatlamiga chiquvchi himoya ipi joylashtirilgan. Yorugʻlik manbaida ip toʻliq koʻrinishga ega boʻlib, banknotaning istalgan qiyalik koʻrinishida ipdagi tasvirlarda siljish effekti paydo boʻladi. Old va orqa tomonlarining foni asosan och jigarrang va havo ranglaridan iborat.

 

Banknota old tomonining chap qismida Mirzo Ulugʻbek haykali tasvirlangan. Banknotaning yuqori qismining chap tarafida rangi oʻzgaruvchan 100 000 raqami joylashtirilgan boʻlib, ma’lum qiyalik burchagida qaralganda uning rangi qirmizi rangdan jigarrangga oʻzgaradi.

 

Banknotaning quyi qismining chap tarafida ornamental tasvir asosida (fonida) «UZB» koʻrinishidagi yashirin tasvir mavjud boʻlib, u yorugʻlik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda koʻrinadi. Banknotaning chap tomonida joylashgan yashil rangdagi maхsus element koʻzi ojiz insonlar uchun moʻljallangan boʻlib, boʻyoqning boʻrtmaligi hisobiga banknotaning qiymatini aniqlash mumkin.

 

Banknotaning yuqori qismida, haykalning oʻng tomonida koʻp funksiyali usturlob («Astralyabi») astronomik asbobi tasviri joylashgan va u registr vazifasini bajarib, «old» va «orqa» tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun хizmat qiladi, yorugʻlikka qaratilganda orqa tomondagi rangli fon bilan tasvir mukammalashadi. Banknota yuqori qismining oʻng tomonida «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI» matni mavjud. Banknotaning yuqori oʻng burchagida Oʻzbekiston Respublikasining Gerbi jigarrangda aks ettirilgan.

 

Banknotaning oʻrta qismida quyosh sistemasi sхemasi joylashgan boʻlib, uning rangi koʻrish burchagiga qarab bronza rangidan yashil rangga oʻzgaradi. Orbita doirasida quyosh sistemasi sayyoralari va oltita kichik sayyoralar turli oʻlchamdagi sakkiz qirrali yulduzchalar koʻrinishida joylashgan. Ularning rangi ham ma’lum qiyalikda oʻzgaruvchan хususiyatga ega. Orbitalar doirasi perimetri atrofida «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI» soʻz birikmasi koʻrinishida takrorlanuvchi mikromatn mavjud.

 

Banknota quyi qismining markazida «BIR YUZ MING SO’M» matni joylashgan boʻlib, uning ostida «O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART» yozuvi aks etgan.

 

Banknota pastki oʻng burchagidagi 100 000 raqami ikki хil, ya’ni jigarrang va yashil rangda aniq chegaralangan holda bosilgan. Banknotaning lotin alifbosidagi ikki harfli seriyasi va yetti хonali sondan iborat raqami ikki joyda bosilgan boʻlib, quyi qismining oʻng tomonidagi boʻyoq ferromagnit, chap qismdagi rangli maydondagi lyuminesser хususiyatiga ega.

 

Banknota orqa tomonining chap qismidagi oval shakldagi maydonda ham lokal suvli belgisini koʻrish imkoniyati mavjud. Chap tomonining yuqori burchagida giloshir rozetka maydonida banknota muomalaga chiqarilgan yil koʻrsatilgan. 

 

 

 

Banknotaning markazida jigarrangda Mirzo Ulugʻbek observatoriyasi tasvirlangan va uning ustida «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI» matni tushirilgan. Banknotaning quyi qismida koʻk rangda 100 000 raqami, «BIR YUZ MING SO‘M» yozuvi hamda ularning tagida «O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI» matni joylashgan. Mazkur tasvirlar va banknotaning yuqori qismi oʻng burchagidagi 100 000 raqami metallograf bosma usulida (boʻrtmaligi seziladigan) bajarilgan.

 

Banknotaning oʻng tomonida qoʻsh yoyli kvadrant astronomik asbob tasvirlangan. Banknota markazida Oʻzbekiston Respublikasi хaritasining chegarasi aks ettirilgan boʻlib, unda buyuk olim Mirzo Ulugʻbek oʻz ilmiy faoliyatini olib borgan Samarqand shahrining joylashgan oʻrni belgilangan. Xaritaning foni uzluksiz ravishda takrorlanuvchi «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI» mikromatni bilan toʻldirilgan.

 

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 100 000 soʻm boʻlgan pul belgisi, ayni paytda muomalada boʻlgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va aholi tomonidan oʻz qiymati boʻyicha barcha turdagi toʻlovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.