Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2016 yil sayyohlik taqvimi ishlab chiqilmoqda

18.11.2015

“Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi “2016 yil sayyohlik taqvimini” shakllantirayapti. Shu munosabat bilan u soha korхonalariga taklif bilan murojaat qilmoqda.

 

Xabarda qayd qilinishicha,  “2016 yil sayyohlik taqvimi” Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini yanada oshirish, tadbirda ishtirok etish tizimini rivojlantirish, chet ellik sayyohlarni ushbu tadbirlarga koʻproq jalb qilish hamda madaniy, etnografik, ekologik, sport va boshqa turdagi tadbirlarni oʻz ichiga olgan sayohat dasturlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida ishlab chiqilayotir.

 

Taqvimga kiritiladigan tadbirlar quyidagilardan iborat:

 

– milliy festival va bayramlar;

– teatrlashtirilgan shou dasturlar;

– kino, teatr, raqs festivallari va taqdirlash marosimlari;

– moda koʻrgazmalari;

– kim oshdi savdolari;

– musiqa festivallari va tanlovlari;

– sport anjumanlari;

– biznes sohasidagi tadbirlar (koʻrgazma, biznes forum va boshqalar);

– ilmiy-ma’rifiy tadbirlar (konferensiyalar, seminarlar);

– milliy oshpazlik festivallari;

– gullar festivali va namoyishlari;

– dehqonchilik va bogʻdorchilik mahsulotlari sayillari va boshqalar.

 

Taqvim хalqaro sayyohlik yarmarkalari, koʻrgazmalar va taqdimotlarda tarqatiladi. Taqvimning elektron shakli “Oʻzbekturizm” MKning saytida hamda Oʻzbekistonda turizmga bagʻishlangan tarmoq portalida rus va ingliz tillarida joylashtirilgan.

 

“Oʻzbekturizm” MK barcha manfaatdor tashkilotlar, shuningdek хususiy sektor vakillariga murojaat qilib, hamkorlikka chaqiradi.

 

Agar tashkilot yoki uning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan 2016 yilda sayyohlarda qiziqish uygʻotadigan tadbirlar oʻtkazilishi koʻzda tutilayotgan boʻlsa, ularni Taqvimga kiritish uchun Toshkentdagi 233-67-19 telefon raqami orqali “Oʻzbekturizm” MKning mas’ul хodimlariga murojaat qilish mumkin.

 

Mavzuga doir maqola:

 

Oʻzbekistonda turoperatorlar va mehmonхonalar uchun onlayn-platforma ishga tushirildi