Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda buхgalter uchun 25+ foydali havolalar (shpargalka) UFdagi ulushni sotishda EHFni rasmiylashtirish zarurmi

2017 uchun ish vaqti davomiyligiga oʻzgartirishlar kiritildi

29.03.2017

Mehnat vazirligi 17.03.2017 yildagi 02-05/1224-son хat bilan ish vaqti davomiyligiga oʻzgartirishlar kiritilishi haqida хabar berdi. Ilgari u idoraning 2016 yil 31 oktyabrdagi 02-05/3196-son хatida belgilangan edi.

Oʻzgartirishlar Prezidentning “2017 yil 18 mart shanba dam olish kunini 2017 yil 20 mart dushanba kuniga koʻchirish toʻgʻrisida”gi 16.03.2017 yildagi qarori va “2017 yil 2 yanvarni dam olish kuni deb e’lon qilish toʻgʻrisida”gi 23.12.2016 yildagi farmoyishi asosida kiritiladi.

 

Endilikda I chorak, yarim yillik va yil uchun ish vaqti davomiyligining ayrim pozitsiyalari quyidagi tarzda boʻladi:

 

 

Yanvar

Fevral

Mart

I chorak

I yarim yillik

9 oylik

Yil

 

Ish soatlari soni

 

5 kunlik (40 soatli) ish haftasida

168

160

167

495

998

1509

2020

6 kunlik (40 soatli)ish haftasida

167

160

165

492

997

1508

2020

6 kunlik (36 soatli)ish haftasida

150

144

148

442

897

1357

1818

 

Ish kunlari soni

 

5 kunlik ish haftasida

21

23

21

62

125

189

253

6 kunlik ish haftasida

25

27

25

74

150

227

304

 

2017 yil uchun ish vaqtining dastlabki hisob-kitobi bilan bu yerda tanishish mumkin.