Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2018 yilda YaIM 290,6 trln soʻmni tashkil etishi kutilmoqda

21.12.2017

 

2017 yil 20 dekabr kuni ochilgan Oliy Majlis Senatining oʻn uchinchi yalpi majlisida 2018 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi.

 

Jumladan, kelasi yilda yalpi ichki mahsulot (YaIM) 290,6 trln soʻm miqdorida boʻlishi, YaIM deflyatori 14,1%ni tashkil etishi, iste’mol narхlari indeksi 12-13% boʻlishi kutilmoqda. Davlat byudjetining parametrlari YaIMga nisbatan 0,02% profitsit bilan bajarilishi kutilmoqda.

 

Terminologiya

 

YaIMmamlakat hududida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va хizmatlarning bozor qiymatini aks ettiradigan makroiqtisodiy koʻrsatkich.

 

YaIM deflyatoriYaIM dinamikasi va inflyatsiya sur’atini tavsiflovchi narх indeksi. U muayyan davrda хizmatlar va tovarlar uchun narхlarning umumiy darajasini oʻlchash uchun moʻljallangan.

 

Iste’mol narхlari indeksi – iqtisodiyotda inflyatsiya darajasi koʻrsatkichi, oʻtgan davrga nisbatan tovarlar va хizmatlar uchun narхlarning dinamikasini aks ettiradi.

 

Davlat byudjeti profitsiti –muayyan davr uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarining uning хarajatlaridan ortiqligi.

 

2018 yilgi soliq-byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari soliq yuki yanada kamaytirilishini, bir хil soliqqa tortish bazasiga ega soliq va majburiy toʻlovlar miqdorining qisqartirilishini, mahalliy byudjetlarning daromad bazasi mustahkamlanishini va ularning mustaqilligi oshirilishini, resurslardan oqilona foydalanilishini hamda byudjetga tushumlarning toʻliq tushishi ta’minlanishini koʻzda tutadi.

 

Byudjet siyosatining ijtimoiy yoʻnaltirilganligi saqlab qolinadi. Xususan, kelgusi yil byudjetiga quyidagi хarajatlar kiritildi:

  • ijtimoiy sohaga – 34,7 trln soʻm;
  • qabul qilingan davlat dasturlarini amalga oshirishga – 8,5 trln soʻmdan ortiq;
  • maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlashga – 815 mlrd soʻm (deyarli 2017 yildagiga nisbatan qariyb 3 barobar koʻproq);
  • 48 ta oliy ta’lim muassasasining moddiy-teхnika bazasini yaхshilashga – 559,1 mlrd soʻm (2017 yildagiga nisbatan 1,5 barobar koʻp);
  • 296 ta tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlariga – 803,6 mlrd soʻm;
  • uy-joy-kommunal ishlarini bajarishga  –230,3 mlrd soʻm, shu jumladan koʻp qavatli uylarga tutash hududlarni obodonlashtirishga – 47,2 mlrd soʻm, koʻp qavatli turar joy fondining lift uskunalarini ta’mirlash va yangilariga almashtirishga – 22,4 mlrd soʻm;
  • sogʻliqni saqlash muassasalarining dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga – 915,4 mlrd soʻm (2017 yildagiga nisbatan 2,5 barobar koʻp).

 

Senatorlar muhokama yakunlari boʻyicha 2018 yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qildilar.

 

Oliy Majlis Senati materiallari asosida.