Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2019 yilda bolalar bogʻchasi uchun toʻlov qanday oʻzgaradi

07.01.2019

Rus tilida oʻqish

Toshkent shahri va viloyatlar markazlari boʻyicha indeksatsiya foizi koʻrsatilgan holda bolalar bogʻchasi uchun toʻlovning amaldagi va 2019 yil 1 maydan joriy etiladigan miqdorlarining solishtirma jadvalini taqdim etamiz.

 

Ilgari biz 1 maydan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar toʻlovining yangi oshirilgan miqdorlari joriy etilishi haqida yozgan edik. Bu Prezidentning 26.12.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet moʻljallari toʻgʻrisida” PQ-4086-son qarorida nazarda tutilgan. Tariflar Toshkent sh., viloyatlar markazlari, viloyat boʻysunuvidagi shaharlar va boshqa joydagi MTM uchun tabaqalashtirilgan holda belgilangan. Bolalar bogʻchasi uchun eng yuqori miqdorlar poytaхtda amal qiladi.

 

Quyida Toshkent shahri va viloyatlar markazlari boʻyicha indeksatsiya foizi koʻrsatilgan holda ota-onalar toʻlovining amaldagi va 1 maydan joriy etiladigan miqdorlarining solishtirma jadvali taqdim etilgan.

 

Bolalarning bir kunda boʻlish vaqti

 5-kunlik ish haftasida

6-kunlik ish haftasida

MTMga oiladan boradigan bitta bola uchun 

 

 agar ta’lim muassasasiga oiladan bittadan ortiq bola borsa, ularning har biri uchun

    

MTMga oiladan boradigan bitta bola uchun 

agar ta’lim muassasasiga oiladan bittadan ortiq bola borsa, ularning har biri uchun

Amaldagi miqdorlar 

1.05.2019 yildan joriy etiladigan miqdorlar va oshirilish foizi

Amaldagi miqdorlar

1.05.2019 yildan joriy etiladigan miqdorlar va oshirilish foizi

Amaldagi miqdorlar

1.05.2019 yildan joriy etiladigan miqdorlar va oshirilish foizi

Amaldagi miqdorlar

1.05.2019 yildan joriy etiladigan miqdorlar va oshirilish foizi

 Toshkent sh.

4-5 soat 

19 000


28 500

50%

13 000

20 000
53,8%

23 000

34 000
47,8% 

15 000

24 000
60%

9 soat 

130 000

156 000
20%

92 000

111 000
20,6% 

155 000

186 000
20% 

110 000

132 000
20%

10,5 soat 

155 000

186 000
20%

110 000

132 000
20% 

185 000

221 000
19,4%

131 000

157 000
19,8% 

12 soat 

175 000

210 000
20%

124 000

149 000
20,1% 

208 000

250 000
20,1% 

148 000

177 000
19,5%

24 soat 

185 000

222 000
20%

131 000

158 000
20,6% 

220 000

264 000
20% 

156 000

188 000
20,5% 

 Viloyatlar markazlari
(Nukus, Andij
on, Buхoro, Jizaх, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Guliston, Nurafshon, Fargʻona, Urganch shaharlari)

4-5 soat 

18 000

27 000
50% 

13 000

19 000
46,1%

21 000

32 000
52,3% 

15 000

23 000
53,3% 

9 soat 

125 000

150 000
20% 

89 000

107 000
20,2%

149 000

179 000
20,1% 

106 000

127 000
19,8% 

10,5 soat 

150 000

180 000
20% 

107 000

128 000
19,6%

179 000

214 000
19,5% 

127 000

152 000
19,6% 

12 soat 

166 000

199 000
19,8% 

118 000

141 000
19.4%

198 000

237 000
19,6% 

140 000

168 000
20% 

24 soat 

176 000

211 000
19,8% 

125 000

150 000
20%

210 000

251 000
19,5% 

149 000

179 000
20,1% 

 

Shu tariqa, bitta bolaning 5-kunlik ish haftasida poytaхt va viloyatlar markazlaridagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida 9 soat boʻlishi qiymati 20%ga, bolalar bogʻchasiga oiladan bittadan ortiq bola borganda esa oʻrtacha har bir bola uchun 20,4%ga oshadi.

 

Lenara Xikmatova.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_