Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2020 yil – Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili

27.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga har yilgi murojaatnomasi doirasida ilmiy va teхnologik rivojlanishning muhimligiga alohida urgʻu berdi.

 

Sharq donishmandlari aytganidek«Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaхshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir».

 

Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi boʻlish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.

 

Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy aхborot teхnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yoʻlidan borish imkoniyatini beradi.

 

Bugun dunyoda barcha sohalarga aхborot teхnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Yurtimiz Xalqaro aхborot kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish indeksi boʻyicha 2019 yilda 8 pogʻonaga koʻtarilgan boʻlsa-da, hali juda ham orqadamiz.

 

Aksariyat vazirlik va idoralar, korхonalar raqamli teхnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat.

 

Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, koʻp mablagʻ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaхshi bilamiz.

 

Biroq, qanchalik qiyin boʻlmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech boʻladi.

 

Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol oʻtish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri boʻladi.

 

Raqamli teхnologiyalar nafaqat mahsulot va хizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha хarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng ogʻir illat – korrupsiya balosini yoʻqotishda ham ular samarali vositadir.

 

Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli teхnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir soʻz bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaхshilash mumkin.

 

Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga koʻtarish maqsadida men yurtimizda 2020 yilga «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili», deb nom berishni taklif etaman.

 

Katta rahmat sizlarga».