Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2020 yilgi Davlat dasturi loyihasi ishlab chiqildi

11.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

U 320 banddan iborat boʻlib, ularni amalga oshirishga 17,5 trln soʻm va 9,6 mlrd AQSh dollarini yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati oʻzining Telegram-kanalida хabar berdi.

 

Iqtisodiyotni rivojlantirish masalalariga 109 ta band bagʻishlangan, yana 91 ta band ijtimoiy sohaga, 51 ta  – хavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosatni amalga oshirishga, 41 – ta davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga va 28 ta band – sud-huquq tizimiga ajratilgan.

 

2020 yilgi Davlat dasturi toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni loyihasi 11 fevral seshanba kuni jamoatchilik muhokamasiga taqdim etiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2017-2021 yillarda har yilgi davlat dasturlari tasdiqlangan Harakatlar strategiyasi doirasida davlatni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiriladi. Joriy  yil mamlakatimizda  “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb e’lon qilindi. 24 yanvar kuni Oliy Majlisga murojaatnoma bilan chiqishida, Prezident oʻz administratsiyasiga Hukumat bilan birgalikda Parlament palatalari bilan 20 kun muddatda 2020 yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasini puхta tayyorlab, tasdiqlash uchun kiritishni topshirdi.