Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2024 yilda soliq solishda nimalarni oʻzgartirish taklif qilinmoqda

04.11.2023

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024–2026 yillar uchun soliq-bojхona siyosatining asosiy yoʻnalishlari bilan Byudjetnomani, shuningdek 2024 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisida qonun loyihasini taqdim etdi. Buxgalter.uz 2024 yilda tadbirkorlik sub’yektlariga soliq solishga nisbatan taklif qilinayotgan oʻzgartirishlar sharhini tayyorladi.

 

Asosiy soliqlar


Iqtisodiyot va moliya vazirligi quyidagi soliqlar stavkalarini 2024 yil uchun saqlab qolishni taklif qilmoqda:

  • foyda soligʻi (15 %, ayrim toifalar uchun – 20 %);
  • QQS – 12 %;
  • JShDS – 12 %;
  • ijtimoiy soliq: byudjet tashkilotlari – 25 %, qolganlar – 12 %;
  • aylanmadan olinadigan soliq – 4 %.

 

2024 yil 1 fevraldan boshlab qat’iy belgilangan miqdordagi JShDS stavkalarini oshirish taklif qilinmoqda. Ular 10%ga oʻsishi koʻzda tutilmoqda.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab qat’iy belgilangan summadagi aylanmadan olinadigan soliqning stavkalarini oʻzgartirish taklif qilinmoqda. Aylanmasi 500 mln soʻmgacha boʻlgan soliq toʻlovchilar uchun soliq miqdorini yiliga hozirgi 20 mln soʻmdan 25 mln soʻmgacha oshirish taklif qilinmoqda. Aylanmasi 500 mln soʻmdan 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan soliq toʻlovchilar uchun esa – hozirgi 30 mln soʻmdan 34 mln soʻmgacha oshirish taklif qilinmoqda.

 

Davomini Buxgalter.uz da oʻqing.