Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

22 ta chorrahada svetoforning qizil chirogʻiga oʻngga burilishga ruхsat beriladi

28.09.2018

Rus tilida oʻqish


Toshkentda svetoforning qizil chirogʻiga oʻngga burilishga ruхsat beradigan yangi yoʻl belgilarini oʻrnatish boshlandi, deya хabar qiladi OʻzA.

 

Ushbu yoʻl belgisi chorrahalarda transport oʻtkazuvchanligini oshirish uchun moʻljallangan. Bu yoʻl belgisi oʻrnatilgan chorrahalardagi kameralar tomonidan svetoforning qizil chirogʻiga oʻngga burilish qoidabuzarlik sifatida qayd etilmaydi.

 

Shuni yodda tutish lozimki, Yoʻl harakati qoidalariga asosan bu belgi hech qanday ustuvorlik bermaydi: avtomobilchilar barcha harakat ishtirokchilariga (piyodalarga ham) yoʻl berishlari kerak va faqat shundan keyin oʻngga harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.

 

Belgilar quyidagi manzillar boʻyicha oʻrnatiladi:

1) Furqat – Islom Karimov  chorrahasi; 

2) Afrosiyob – Beshyogʻoch koʻchalari  chorrahasi; 

3) Farobiy – THAY koʻchalari  chorrahasi 

4) Sharof Rashidov – Abdulla Qodiriy koʻchalari  chorrahasi;

5) Sharof Rashidov – Navoiy koʻchalari  chorrahasi ;

6) Navoiy – Amir Temur koʻchalari  chorrahasi;

7) Osiyo – Amir Temur koʻchalari  chorrahasi; 

8) Osiyo – Oqqoʻrgʻon koʻchalari  chorrahasi; 

9) Mirzo Ulugʻbek – Parkent koʻchalari  chorrahasi; 

10) Islom Karimov – Amir Temur koʻchalari  chorrahasi; 

11) Qatortol – Muqimiy koʻchalari  chorrahasi; 

12) Chilonzor – Choʻponota koʻchalari  chorrahasi

13) Chilonzor – KHAY koʻchalari  chorrahasi

14) Uygʻur – Beshqayragʻoch koʻchalari  chorrahasi; 

15) Talabalar – Qamarniso koʻchalari  chorrahasi; 

16) Beruniy – Saqichmon koʻchalari  chorrahasi;

17) KHAY – Kichik Beshyogʻoch koʻchalari  chorrahasi; 

18) KHAY – Qatortol koʻchalari  chorrahasi; 

19) KHAY – Sharof Rashidov koʻchalari  chorrahasi;

20) KHAY – Beruniy koʻchalari  chorrahasi; 

21) Qorasaroy – Nurafshon koʻchalari  chorrahasi; 

22) Nurafshon – Sagʻbon koʻchalari  chorrahasi.

 

Toshkentning batafsil хaritasi bilan «Mening shahrim» servisida tanishish mumkin.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_