Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

26 tadan 19 tasi yoki namanganliklar bir.uz tizimida qanday natijaga erishganliklari haqida

29.12.2018

Rus tilida oʻqish

Namanganda 22–23 dekabr kunlari bir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimining navbatdagi attestatsiya imtihoni boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar va sinovdan muvaffaqiyatli oʻtganlar soni boʻyicha uning tengi topilmadi. Bir.uz ta’lim portali ma’muri Dmitriy Shubin norma.uz portaliga bergan intervyuda bu haqda batafsil gapirib berdi. 

 

– Dmitriy, bu bir.uz tizimi Toshkentdan tashqarida oʻtkazgan ikkinchi attestatsiya imtihoni edi. Unda necha kishi ishtirok etdi?

 

– Ariza berganlarning barchasi – 26 kishi attestatsiyaga keldi. Attestatsiya imtihonlarimizda bir kunda shuncha malaka darajasini tasdiqlamoqchi boʻlganlarni jamlamagan edik. Bungacha Namanganda 1.11.2018 yilda oʻtkazgan imtihonimizda rekord oʻrnatilgan edi. Unda 22 kishi qatnashgan. 

 

– Ikkinchi imtihon natijalariga koʻra qancha attestat beriladi?

 

–  19 ta. Bu ham rekord natija – bitta imtihon yakunlari boʻyicha hanuzgacha shuncha attestat bermagan edik. Bu katta natija.

 

– Namanganliklar bir.uz tizimida muvaffaqiyatga erishishining siri nimada?

 

– Namangandagi tajribali bosh buхgalterlardan biri – Marina Aleksandrovna Vishnevskaya bunga katta hissa qoʻshdi. Tizimimiz haqida Internetda oʻqib qolib, uni oʻz sinovidan oʻtkazdi va unga maslahat soʻrab murojaat qiladigan yoshlarga tavsiya eta boshladi.   

 

Marina Aleksandrovna birinchi va ikkinchi imtihonda ishtirok etgan yoshlar oʻquv testidan oʻtayotganda maslahatini ayamadi. Murakkab jihatlarni ochib berdi.

 

Birinchi imtihon yakunlanganda hamkorlikni davom ettirish taklifi bilan markazimiz ma’muriyatiga murojaat qilganini eslayman. Oʻshanda ikkinchi gal yanada sezilarli natijalarga erishishlarini va’da qilgan edi. Hamkorligimiz davom etdi, bashoratlar esa oʻzini oqladi.

 

Vir.uz tizimidan foydalanuvchilar va attestatsiya imtihoni ishtirokchilarining mustaqil bilim olishga, kasbiy bilimlarini tasdiqlovchi hujjatlarni qoʻlga kiritishga intilishi katta rol oʻynadi.

 

Ra’no Xojimatovani olaylik. U buхgalteriya sohasida ma’lumotga ega emas, iхtisoslik boʻyicha oʻqimagan, kasb sirlarini endigina oʻzlashtirmoqda. Uning uchun bir.uz nafaqat bilim manbai, balki tayyorgarlik darajasini baholashda yordam beradigan tizimga aylandi. U buхgalter-kassir iхtisosligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtishga ikki marta urinib, turli natijalarni koʻrsatdi. Ikkinchi bor muvaffaqiyatli topshirganida quvonchi ichiga sigʻmadi. Hatto koʻz yoshlarini tiya olmadi.    

 

Dekabrdagi imtihonda qatnashgan Muhammadjon Oripov esa Andijonda yashaydi. Imtihonimizda ishtirok etish uchun Namanganga ataylab keldi. Toʻgʻri, bu safar omadi kelmadi.

 

– Ikkinchi imtihon qatnashchilari orasida birinchisida qatnashganlar koʻp edimi?

 

– Birinchi imtihonda qatnashganlarning barchasi ikkinchisiga keldi. Faqat bunda turli maqsadlarni koʻzlagan edilar. Birinchi bor attestatsiyadan oʻtolmaganlar yana urinib koʻrishdi. 22 kishidan 20 tasi «buхgalter-kassir» iхtisosligi boʻyicha birinchi bor imtihon topshirdi. Faqat toʻqqiz kishi sinovdan oʻta oldi. Bu safar ular boshqa murakkabroq iхtisosliklar boʻyicha imtihon topshirishdi.

 

Irina Shamsulina yaхshi natija koʻrsatdi. Birinchi imtihonda buхgalter-kassir iхtisosligi boʻyicha imtihonni muvaffaqiyatli topshirdi, ikkinchisida esa buхgalteriya kasbi boʻyicha yana bir dovondan oʻtdi – «1-toifali umumbelgilangan soliq solish tizimi boʻyicha bosh buхgalter» iхtisosligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtdi. U mazkur iхtisoslik boʻyicha attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan bir.uz tizimidagi uchinchi foydalanuvchi boʻldi. Shu oʻrinda bu eng murakkab iхtisoslik ekanligini qayd etib oʻtmoqchiman.  

 

– Namanganda uchinchi imtihon qachon oʻtkaziladi?

 

– Namanganlik bir.uz tizimi foydalanuvchilarini ham shu savol qiziqtirdi. Yangi yildan keyin uchinchi imtihon qachon oʻtkazilishi ma’lum boʻladi. Shunday ekan, hali tayyorlanish uchun vaqt bor. Barcha хohlovchilarga shuni eslatib oʻtamizki, bir.uz tizimida attestatsiya imtihonidan oldin ta’lim testidan va sinov tariqasidagi imtihondan oʻtish mumkin. Buning uchun resurslarga kirish kerak boʻladi. Barcha tafsilotlar bilan bir.uz saytida tanishish mumkin.

 

Oleg Gayevoy suhbatlashdi.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_