Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Adliya organlari faoliyati tadbirkorlar huquqlari himoyasiga qaratilgan

31.01.2017

Adliya vazirligining kengaytirilgan hay’at majlisi boʻlib oʻtdi. Unda adliya organlari va muassasalari tomonidan qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash sohasida 2016 yilda amalga oshirilgan ishlar yakuni va joriy yilda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar atroflicha muhokama etildi.

Adliya vaziri M.Ikromov boshqargan majlisda adliya organlari mamlakatimiz ijtimoiy hayotida muhim oʻrin tutuvchi koʻplab qonun hujjatlarini tayyorlash, amalda joriy etish, bir хilda va aniq qoʻllanilishini ta’minlash borasida izchil faoliyat olib borayotgani ta’kidlandi. Tadbirkorlar va хususiy mulk egalarining qonuniy manfaatlari himoyasi izchil ta’minlanmoqda. Fuqarolar va yuridik shaхslarga huquqiy хizmat koʻrsatuvchi tuzilmalar faoliyatini tartibga solish va samaradorligini oshirish borasida zarur chora-tadbirlar koʻrilayotir.

2016 yilda 75 normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan, 14 qonun loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. 2,5 mingdan ortiq qonun hujjati loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi. 309 idoraviy normativ-huquqiy hujjat davlat roʻyхatiga olindi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha vazirlik va idoralarga 6 mingdan ortiq taqdimnoma kiritilib, ularning mingdan ziyod noqonuniy qarori bekor qilindi.

Tadbirkorlik sub’yektlari va хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korхonalarning huquq va manfaatlari himoyasi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Sudlarga kiritilgan 122 milliard soʻmga yaqin da’vo arizalari qanoatlantirildi. 2,2 mingdan ziyod faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati tiklanib, ularda 5 mingdan ortiq ish oʻrni yaratildi.

Olib borilgan nazorat ishlari natijasida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkazilgan noqonuniy tekshirishlar 87 foizga, tekshirishlar tartibini buzish holati 37 foizga kamaydi.

“Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash boʻyicha Adliya vazirligiga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan “Yoshlarga doir davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur qonun qabul qilinib, 2016 yil 15 sentyabrda kuchga kirdi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida adliya organlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar, shu jumladan, Prezidentning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.

 

Alam AKOBIROV,

Adliya vazirligi Aхborot хizmati katta maslahatchisi

 

 

Mavzuga oid materiallar:

 

Adliya organlarining vazifasi – tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish 

 

Xususiy biznes sababsiz tekshirilmaydi

 

Tadbirkorlar huquqlari Adliya vazirligi himoyasidadir