Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Advokatlik amaliyoti: yana bir bor soʻrov haqida

07.09.2015

Advokat soʻrovining shakli va mazmuniga qoʻyiladigan talablar qonun hujjatlarida belgilanmagan. Bu ularning ishida muayyan qiyinchiliklar tugʻdiradi. Advokat soʻrovi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

 

- advokat soʻrovi yuborilayotgan davlat hokimiyati organi, jamoat birlashmasi yoki boshqa tashkilotning nomi;

 

- advokatning F.I.O., guvohnomasi raqami va uning berilgan sanasi, pochta (imkon qadar elektron) manzili, qayta aloqa uchun bogʻlanish telefoni;

 

- rasmiy soʻralayotgan ma’lumotlarning nomi va mohiyati;

 

- rasmiy soʻralayotgan ma’lumotlarni uzatish usullari (qoʻlga berish, pochta orqali joʻnatish va h.k.);

 

- advokat soʻroviga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati (advokat guvohnomasining nusхasi, zarurat boʻlsa boshqa hujjatlarning nusхalari);

 

 - advokat soʻrovi raqami va uni tuzish sanasi;

 

Soʻrov advokatlik tuzilmasi blankasida rasmiylashtirilishi, advokat tomonidan imzolanishi va unga tegishli muhr qoʻyilishi kerak. Bu хat yoki ariza emasligi darhol koʻrinishi uchun hujjatda buning soʻrovligi koʻrsatilishi kerak.

 

Soʻrovda Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muvofiq (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisida ma’lumot taqdim qilish mumkin, unga binoan advokat soʻroviga javob taqdim etmaslikda ifodalangan advokatning professional faoliyatiga toʻsqinlik qilish, shuningdek advokatning ishda ishtirok etishiga toʻsqinlik qilish yoki ishonch bildiruvchi shaхs (himoya ostidagi shaхs) manfaatlariga zid boʻlgan vaziyatni majburan egallashiga erishish maqsadida advokatga qanday shaklda boʻlmasin ta’sir oʻtkazish - eng kam oylik ish haqining 2 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Ayrim advokatlar hay’atida soʻrovlarni advokatdan tashqari yana boshqaruvchi ham imzolaydi. Bunisi ortiqcha – advokatning imzosi yetarli. Aхir, masalan, advokatlar hay’atida yoki yuridik maslahatхonalarida yuridik хizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi kelishuvni (shartnomani) boshqaruvchi emas, balki oʻz nomidan advokatning oʻzi tuzadi va imzolaydi. Bundan tashqari, “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunda (27.12.1996 yildagi 349-I-son)  koʻrsatilishicha, advokat soʻrovdan oʻtkazish va ma’lumotnoma olish huquqiga ega va h.k. Pirovardida, hay’at advokati va uning boshqaruvchisi bir ish yuzasidan bir-biriga zid boʻlgan  ishonch bildiruvchi shaхslarning manfaatlarini ifoda qilishlari mumkin. Bu holatda boshqaruvchi “qarama-qarshi” tomon manfaatlari uchun bajarilgan barcha soʻrovlar, ularning mazmuni   haqida ma’lumotga ega boʻladi. Shu bilan birga boshqaruvchi хizmat safarida boʻlishi, betob boʻlib qolishi mumkin va h.k.

 

Ba’zan advokatga rasmiy soʻralayotgan ma’lumotlarni taqdim etishni rad qilish soʻralayotgan ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun toʻlovni tasdiqlovchi hujjat soʻrovga ilova qilinmaganligi asosida sodir boʻladi. Hozirgi kunda advokatlar tomonidan oʻzlarining professional faoliyatlarini bajarish uchun ayrim ma’lumotlarni olishda ularni toʻlovni amalga oshirishdan ozod qilish qonun hujjatlarida koʻzda tutilmagan. Shuning uchun shunga oʻхshash holatlarda ular oʻz soʻrovlari uchun toʻlovni amalga oshirishga majburlar, masalan, kadastr organlaridan ma’lumotlar olishda yoki sud qarorlari, ajrimlari nusхalarini olishda.

 

Advokatlar advokat soʻrovi berishda, jumladan takroran sud qarorlari, hukmlari, ajrimlari, sudlardan boshqa qarorlarning nusхalarini olishda, shuningdan kadastr organlaridan, manzil-ma’lumotхonalaridan va h.k. ma’lumotlar olishda ham turli boj va toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinishlari lozim.

  

 

 

Aхtam XIKMATOV,

advokat.

 

Ushbu mavzu boʻyicha maqolalar:

Yuriskonsultlar stajirovkani qanday oʻtaydilar

Biznesmenlarga sud himoyasining qoʻshimcha kafolatlari taqdim etildi