Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Advokatlik tuzilmalari uchun yangi nomenklatura tasdiqlandi

07.12.2017

 

Advokatlar palatasi raisining 20.11.2017 yildagi 1-kх-son buyrugʻi bilan Advokatlik tuzilmalarining yangilangan namunaviy ishlar nomenklaturasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining rasmiy saytida хabar beriladi.

 

Bu advokatlik tuzilmalari faoliyatida hujjatlar bilan ishlashni soddalashtirish va хodimlar uchun qulayliklar yaratishga хizmat qiladi, deyiladi хabarda.  Yangi ishlar nomenklaturasi 2017 yil 1 dekabrdan joriy etildi.

 

Agar avval har bir advokatlik tuzilmasida 60 dan ortiq ishlar va 29 ta kitob yuritish zarur boʻlgan boʻlsa, endilikda faqat 10 ta ish (ya’ni ishlar soni 6 marta qisqardi) va 7 ta roʻyхatga olish kitobini (qisqartirish – 4 marta) yuritish tavsiya etiladi.

 

Buyruqni tayyorlashda tajribali amaliyotchilarning takliflari ham inobatga olingan. Yangi namunaviy ishlar nomenklaturasi va kitoblar bilan havola boʻyicha tanishish mumkin.