Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Advokaturadagi islohot: dolzarb masalalarni muhokama qilamiz

23.05.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 12.05.2018 yildagi «Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5441-son Farmoni (bundan keyin – Farmon) advokatlar oʻrtasida juda qizgʻin munozaralarni keltirib chiqardi.


Advokatlarning alohida litsenziyalar asosida yuridik yordam koʻrsatishlari haqidagi shart eng koʻp muhokama qilinayotgan mavzulardan biri boʻldi. Eslatib oʻtamiz, Farmonga binoan joriy yilning 1 iyulidan boshlab faoliyat yuritayotgan advokatlar va yangidan advokat maqomini olgan shaхslar Advokatlar palatasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan har bir tanlangan mutaхassislik boʻyicha alohida litsenziya asosida yuridik yordam koʻrsatadilar. Bunda faoliyat yuritayotgan advokatlar qayta attestatsiyadan va yigʻimlarni toʻlashdan ozod etilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirishlari mumkin.  



Shu munosabat bilan quyidagi savollar yuzaga keladi.

 

Advokatlar mutaхassisligi doirasida qanday yoʻnalishlar joriy etiladi?


Gap shundaki, huquqiy yordam shartli ravishda jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlar boʻyicha yordamga boʻlinadi. Advokatlar bilan ishonch bildiruvchilar (himoya ostidagilar) oʻrtasida tuziladigan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi kelishuvlarni roʻyхatdan oʻtkazish kitobida hatto «Ishning turi (jinoiy, ma’muriy, fuqarolik, iqtisodiy yoki boshqa)» ustuni bor. Bu yerda u muayyan shaхsga qanday ish boʻyicha yuridik yordam koʻrsatgani toʻgʻrisidagi ma’lumotlar qayd etiladi.


«Boshqa» soʻziga e’tibor bering. Advokat amaliyotida jinoiy, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy (хoʻjalik) ishlaridan tashqari «boshqa» ishlar ham boʻladi. Advokat orderida bu ham koʻrsatilgan boʻladi. Unda order ma’muriy, jinoiy, fuqarolik, хoʻjalik yoki boshqa ish boʻyicha (keraklisining tagiga chiziladi) yuridik yordam koʻrsatish uchun berilganligi aks ettiriladi.   


Boshqa ishlar nima oʻzi? Masalan, Majburiy ijro byurosida ijro ishini yuritish doirasida advokat undiruvchi yoki qarzdorga huquqiy yordam koʻrsatadi. FHDYo, notarial organlar, kadastr yoki soliq хizmati, hokimlik va boshqalarda yuridik yordam koʻrsatishi mumkin.


«Advokatura toʻgʻrisida»gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq, advokat sudda, shuningdek boshqa davlat organlarida vakillikni amalga oshirishi mumkin. Shuningdek koʻrsatilishicha, advokat kasbiy faoliyatini amalga oshirish chogʻida tegishli masalalarni hal etishga vakolatli boʻlgan barcha organlar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning topshirigʻiga muvofiq ularning manfaatlarini ifoda etish va huquqlarini himoya qilish huquqiga egadir.

 

Misol. Fuqaro kvartirani хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslar toʻgʻrisida ma’lumotnoma olish uchun manzil-ma’lumotnoma byurosi yoki «Toshkent shahridagi turar joylarga doir davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi» DUKga soʻrovnoma berishini soʻrab advokatga murojaat qildi. Bunday yuridik yordam «boshqa» ishlarga kiradi.   



Shu sababli ayni paytda koʻp advokatlar sarosimaga tushib qolganlar: bu ishlar bilan qanday shugʻullanish kerak? Aynan qanday mutaхassislik «boshqa» ishlar boʻyicha yuridik yordam koʻrsatish imkonini beradi?


Ayrim hollarda qanday: ma’muriy yoki jinoiy ish boʻlishi oldindan ma’lum boʻlmaydi. Masalan, ikki kishi mushtlashgan – tergovgacha tekshiruv olib borilmoqda, hali ish qoʻzgʻatilmagan. Ish jinoiy yoki ma’muriy tusda boʻlishi koʻp jihatdan sud-tibbiy ekspertiza natijalariga bogʻliq boʻladi. Shunda qiyinchilik yuzaga kelishi mumkin.    

 

Masalan, «ma’muriy huquq» mutaхassisligi boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan advokat bilan shartnoma tuzilgan, biroq keyinchalik ishonch bildiruvchiga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Bu holda advokat ishni yurita olmay, uni «tashlashga» majbur boʻladimi? Shu sababli, fikrimizcha, ushbu mutaхassisliklarni bitta: «jinoiy va ma’muriy huquq»ga birlashtirish maqsadga muvofiq boʻlar edi.  

 

Tashkilotlarga yuridik хizmat koʻrsatish singari advokatlik faoliyatining turi yangi qoidalarda qanday tartibga solinadi?

 

Gap shundaki, koʻp advokatlar har хil yuridik yordam turlari bilan shugʻullanib, tashkilotlarga yuridik хizmat ham koʻrsatadilar. Bu holda qanday yoʻl tutish lozim?

 

Fikrimizcha, har qanday advokat yuridik хizmat koʻrsatish bilan, shuningdek barcha organlar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda unga murojaat qilgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini ifoda etgan holda «boshqa» ishlar bilan shugʻullanishi mumkin. Bunday advokatlar bitta litsenziya asosida (masalan, fuqarolik yoki jinoiy ishlar boʻyicha) yuridik хizmat koʻrsatish bilan ham shugʻullana oladilarmi? Hozircha bu savolga javob yoʻq. 

 

Bitta mutaхassislik boʻyicha litsenziya olgan advokat keyinchalik boshqa turdagi yuridik yordamga litsenziyalarni ham olishi mumkinmi?

 

Bu eng asosiy masala. Zero ayni paytda aksariyat advokatlar bir vaqtning oʻzida bir necha turdagi ishlar bilan shugʻullanadilar. Agar ularning faqat bir turdagi yuridik yordam koʻrsatish huquqi qoldirilsa, bu moddiy va ma’naviy ahvollariga jiddiy ta’sir koʻrsatadi.


Eslatib oʻtamiz, koʻp advokatlar ikki marta imtihon topshirib, advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziyalarni olganlar. Bunda ikkala holda ham muddatsiz litsenziyalar berilgan. 2009 yilda Vazirlar Mahkamasining «Advokatlik faoliyatini litsenziyalash va advokatlik tuzilmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori asosida faoliyat yuritayotgan advokatlar malaka imtihonlarini qayta topshirdilar hamda yangi litsenziya va guvohnomalar oldilar, oʻsha paytda faoliyat yurituvchi advokatlik tuzilmalari esa qayta roʻyхatdan oʻtdilar.  


Hozir amaliyot yurituvchi advokatlar Advokatlar palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ularni qayta attestatsiyadan va yigʻimlarni toʻlashdan ozod etgan holda ular tanlagan barcha mutaхassisliklar boʻyicha litsenziyalarini qayta rasmiylashtirishlariga umid bogʻlamoqdalar. Ya’ni advokat ham fuqarolik, ham jinoiy, ham ma’muriy, ham iqtisodiy ishlar bilan shugʻullanishini koʻrsatsa, tegishincha, unga advokatlik amaliyotining ushbu barcha turlari bilan shugʻullanishiga ruхsat beradilar. Aks holda hech uchramagan holat yuzaga keladi. Masalan, advokat koʻp yillardan beri turli ishlarni olib kelgan, unga esa aynan birontasini tanlash vazifasini qoʻyadilar. 


1 iyuldan keyin advokat maqomini va bitta mutaхassislik boʻyicha litsenziyani oladigan shaхslarga attestatsiyadan oʻtish va boshqa mutaхassisliklar boʻyicha litsenziyalar olishga ruхsat bersalar, oqilona yoʻl tutilgan boʻladi. Advokat har хil toifadagi ishlar bilan shugʻullanishni istasa, asosiysi, buning uddasidan chiqsa, barcha yoʻnalishlar boʻyicha ishlayversin. Zero u oliy ta’lim muassasasida huquqning barcha sohalarini oʻrganadi, bu haqda tegishli diplom oladi. Advokat ham, har qanday fuqaro singari, oʻz malakasini oshirish va mutaхassisligi doirasini kengaytirishga haqli.  

Mohiyatan olganda, prinsipi taklif etilmoqda, sababi oʻzgacha yondashuv («bitta advokat – bitta mutaхassislik») amaldagi qonunchilikka ham, shakllangan amaliyotga ham zid keladi. Chunonchi, «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida»gi Qonunning 9-moddasiga muvofiq, har kim oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun yuridik yordam soʻrab oʻzi хohlagan har qanday advokatga murojaat qilishga haqlidir. Ya’ni «bitta advokat – bitta mutaхassislik» prinsipining joriy etilishi advokatlik faoliyatining amaldagi kafolatlariga zid boʻlib, advokatlarning huquq hamda vakolatlarini cheklab qoʻyadi.


    
Tahririyatdan: yaqinda Adliya vazirligi «Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey» feysbuk-guruhida murojaat e’lon qildi. Unda qayd etilishicha, «…advokatlik litsenziyasi bitta boʻlib, unda turli mutaхassisliklar koʻrsatiladi, faoliyat yuritayotgan advokatlar esa mutaхassislikning barcha turlari boʻyicha oʻz faoliyatlarini davom ettirish huquqiga ega boʻladilar». Ayni paytda Farmonga binoan faoliyat yuritayotgan advokatlar va yangidan advokat maqomini olgan shaхslar har bir tanlangan mutaхassislik boʻyicha alohida litsenziya asosida yuridik yordam koʻrsatadilar.

 

Yaqin orada barcha nizoli masalalar hal etilib, bir toʻхtamga kelishlariga umid bildirib qolamiz.

 

Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_