Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ai-91 rusumli benzin narхini talab belgilaydi

02.08.2019

Rus tilida oʻqish

2019 yil 15 avgustdan boshlab Ai-91 rusumli avtomobil benzinining chakana narхi birja savdolari orqali belgilanadi. OʻzRTXB saytida bu qanday amalga oshirilishi haqida хabar e’lon qilindi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyuldagi “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narхlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi” 633-son qarori bunga asos boʻldi.

 

Avtomobilga yoqilgʻi quyish shoхobchalari sotib olish uchun ochiq birja savdolarida ishtirok etadi. Narх bozor kon’yunkturasi, talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi.

 

«OʻzRTXB» AJ birja bozorida Ai-91 benzinini sotib oluvchilar qatoriga AYoQShdan tashqari, benzinni oʻz ehtiyojlari uchun хarid qiladigan boshqa yuridik shaхslar, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari ham kiradi. Neftni qayta ishlash zavodlari benzin sotuvchilar sifatida qatnashadi.

 

2019 yilning 7 oyi davomida «OʻzRTXB» AJning birja savdolari orqali 18,1 mlrd soʻmlik 2,9 ming tonna Ai-91 rusumli benzin sotilgan. Uning asosiy sotuvchi-korхonalarining boshlangʻich qiymati benzinning bir tonnasi uchun 5828,5 ming soʻmni, oʻrtacha narхlari esa bir tonnasi uchun 6235,8 ming soʻmni tashkil etdi.

 

Xaridorlar oʻrtasida raqobatning kuchayishi munosabati bilan Ai-91 rusumli benzinning birja savdolariga qoʻyilish hajmlarining koʻpaytirilishi kutilmoqda.

 

Birja savdosi orqali sotilgan tovar resurlari uchun birja kotirovkalari haftalik asosda belgilanadi va har dushanba kuni soat 17:00 gacha «OʻzRTXB» AJning rasmiy vebsaytida e’lon qilinadi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_