Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

AJlariga yordam sifatida 5 namunaviy nizom ishlab chiqildi

08.06.2016

Ushbu namunaviy hujjatlar aksiyadorlik jamiyatlariga amaliy yordam berish, shuningdek ularning faoliyatida Korporativ boshqaruv kodeksini* sifatli joriy etish maqsadida ishlab chiqildi.

 

Davlat raqobat qoʻmitasi хabarida qayd qilinishicha, mazkur hujjatlarni ishlab chiqish Kodeks bilan koʻzda tutilgan, shuningdek u bilan jamiyatlar ustavlariga tegishli qoʻshimchalar kiritish tavsiya qilingan. Demak,  hujjatlar ishlab chiqildi va ularni yuklash imkoniyati mavjud:

 

 

 

 

 

 

Nizomlar tartibga solinadigan yoʻnalishlarning asosiy jihatlarini aks ettiradi. Bunda bu hujjatlardan foydalanadigan aksiyadorlik jamiyatlari ularni qayta koʻrib chiqishlari hamda tarmoq va faoliyat хususiyatlaridan kelib chiqib ularga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishlari zarur.

 

Bunda shuni inobatga olish joizki, agar yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning ayrim bandlari jamiyat ustaviga zid kelsa, bu bandlar kuchini yoʻqotadi va ular tartibga soladigan masalalarda tegishli oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar amaldagi qonunchilik normalari va (yoki) jamiyat ustaviga amal qilish lozim.

 

Yana shuni ma’lum qilamizki, aksiyadorlik jamiyatlariga amaliy yordam berish, shuningdek ularning faoliyatida Korporativ boshqaruv kodeksini sifatli joriy etish maqsadida Davlat raqobat qoʻmitasida maхsus Shtab tuzildi va Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini joriy qilishga koʻmaklashish boʻyicha bevosita muloqot ochildi. Bevosita muloqot telefonlari: (0 371) 259-22-42,  (0 371) 259-20-59.

 

 ___________________

*Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha komissiyaning 2015 yil 31 dekabrdagi majlisida tasdiqlangan (11.02.2016 yildagi 02-02/1-187-son bayonnoma).