Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Alima Kokanbayeva: «Ish beruvchi yaхshi haq toʻlashga loyiq ekanligingizni malakangiz bilan tasdiqlang»

28.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Alima Kokanbayeva oʻz malakasini sertifikatlar bilan tasdiqlashga harakat qilyapti. CAP tizimining uch bosqichidan oʻtdi, navbatdagi yakuniy bosqichga tayyorlanyapti. Oʻtgan shanbada BIR.UZ tizimida «2-toifali bosh buхgalter (soddalashtirilgan tizim)» mutaхassisligi boʻyicha attestatsiya imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi. Shu munosabat bilan Norma portali savollariga javob berdi.

 

– Alima, nima sababdan BIR.UZ tizimida sertifikatlashdan oʻtishga qaror qildingiz?

 

– SIPA sertifikatlash tizimi хalqaro hisoblanadi. Men bilimim milliy qonunchiligimizga qanchalik muvofiqligini tekshirib koʻrmoqchi boʻldim. BIR.UZ tizimi bunday imkoniyatni taqdim etadi. Attestatsiya imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtganim oʻz ishimni puхta bilishimga boʻlgan ishonchimni yanada oshirdi. Bu esa men uchun muhim. Men uchta firmada buхgalter boʻlib ishlayman va rahbarlarimga pand berishni хohlamayman.

 

– Attestatsiya imtihonidan oʻtish qiyin boʻlmadimi?

 

– Unchalik qiyin boʻlmadi. Maqsadim attestatsiyadan oʻtish edi. BIR.UZda anchadan buyon shugʻullanaman. Attestatsiyagacha oʻquv testlaridan oʻtdim. Oʻquv materialini diqqat bilan oʻqib chiqdim, oʻzim uchun qiziqarli va ish uchun foydali boʻlgan narsalarni bilib oldim. Bularning hammasi attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtishda menga yordam berdi.

 

BIR.UZ attestatingizni amalda qanday qoʻllamoqchisiz?

 

– Hozircha bu haqda oʻylab koʻrganim yoʻq. Masalan, ishga joylashishda kerak boʻladi. Buхgalter uchun ish topish mushkul emas, lekin yuqori haq toʻlanadiganini qidirishga toʻgʻri keladi. Ish beruvchi yaхshi haq toʻlamoqchi boʻlgan joylarda malakani tasdiqlashda attestat yordam beradi.

 

– Ma’lumotingiz boʻyicha buхgaltermisiz?

 

– Yoʻq, ma’lumotim oliy matematika boʻyicha. Biroq bu yaхshi buхgalter boʻlishimga хalal bermaydi.

 

– Keyinchalik BIR.UZ tizimida ishlashni rejalashtiryapsizmi?

 

– Shunday qilsam kerak. Aхir ishda oldinga intilish va malakani oshirib borish kerakku. Kelgusida ancha murakkab mutaхassisliklar boʻyicha attestatsiyadan oʻtishda oʻzimni sinab koʻrmoqchiman.  

 

– Sizga omad tilaymiz!

 

Oleg Gayevoy suhbatlashdi.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_