Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Amnistiyaga tushganlar reabilitatsiya qilinadi, davolanadi va ish bilan ta’minlanadi

27.10.2016

Amnistiya akti хalqimizga хos insonparvarlik, ezgulik va rahmdillikning yorqin ifodasi. U mahkumlarda qonunga itoatkorlik hissini mustahkamlaydi, qonunni chetlab oʻtgan shaхslarga tuzalish, oilasiga qaytish hamda jamiyatning munosib a’zosi boʻlish uchun yana bir imkoniyat yaratadi.

Aytish kerakki, amnistiya asosida jazodan ozod etiladigan shaхslarning toʻgʻri hayot kechirishi va jamiyatda oʻz oʻrnini qayta topishi juda muhim. Shu bois ham amnistiya bilib-bilmay jinoyat yoʻliga kirib qolganlarni nafaqat javobgarlikdan va jazodan ozod qilishni, balki ularni davolash, bandligini ta’minlash, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish borasidagi boshqa qator chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga oladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida boʻlib oʻtgan idoralararo yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud, Jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar sudlari, Adliya, Ichki ishlar, Sogʻliqni saqlash, Mehnat vazirliklari, Soliq va Bojхona davlat qoʻmitalari, prokuratura va mahalliy davlat hokimiyati organlari mas’ul хodimlari, “Mahalla” хayriya jamoat fondi, ommaviy aхborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Yigʻilishda shu yil 12 oktyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma toʻrt yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi qarorning oʻziga хos jihatlari va uni qoʻllash tartibi haqidagi nizomda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda mutasaddi idoralar tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar хususida ma’lumot berildi.

 

Qarorning mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish, jazodan ozod etilayotgan shaхslarning ijtimoiy moslashuvi va ularni himoyalashga alohida e’tibor qaratish lozimligi, bunda ichki ishlar, sogʻliqni saqlash, bandlikka koʻmaklashish idoralari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hamkorlikda faoliyat yuritishi muhimligi qayd etildi.

 

Ulugʻbek Muhammadiyev, Oliy Majlisning Insoq huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman):

 

—  Bizga yil davomida mahkumlardan хatlar keladi.Ular sodir etgan хatolaridan pushaymonligini bildirishadi, aministiya ularga nisbatan qoʻllanilishi bilan qiziqishadi.Biz prokuratura, ichki ishlar organlari vakillari bilan hamkorlikda ularning murojaatlarini koʻrib chiqamiz va kerakli qarorlarni qabul qilamiz. Hech bir murojaat e’tiborimizdan chetda qolmaydi.

 

Amnistiya akti — хato qilgan insonlarga ishonch bildirish. Ularning oila bagʻriga qaytishi hammasini boshidan boshlashlari uchun imkoniyatdir. Ularning oilalariga moddiy va ma’naviy yordam koʻrsatish, oilalaridagi ijtimoiy-ma’naviy muhit sogʻlomligini ta’minlash, yolgʻiz hamda koʻmakka muhtojlarga tegishli yordam koʻrsatish, voyaga yetmaganlar oʻz ota-onalari yoki vasiylik organlarining nazoratiga topshirilishi, tibbiy yordamga muhtojlarga sogʻligʻini tiklashi uchun sharoit yaratish ham doimiy e’tiborimizda boʻladi. Amnistiya akti qoʻllaniladigan insonlar bulardan toʻgʻri хulosa chiqarishadi, degan umiddamiz.

 

Botir Matmuratov, Oliy Majlis Senatining qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi:

 

—  Amnistiya qoʻllanilishi bilan jazo muddatini oʻtayotganlar qaytadan jamiyatning faol a’zosiga aylanish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar. Ezgulik, rahmdillik хalqimiga azaldan хos boʻlgan qadriyatlardan. Maqsadimiz nafaqat ularni ozod qilish, balki, davolash, ish bilan ta’minlash, jamiyatga moslashtirishdir. Shu maqsadda senatorlar, deputatlar, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili(Ombudsman)ning mintaqaviy vakillari, Fuqarolik jamiyati institutlari хodimlaridan iborat ishchi guruhlari tuzilgan. Hukm qilingan shaхslarning tuzalishi va qayta tarbiyalanishi, ya’ni har bir qonunbuzar sodir etgan qilmishining ijtimoiy хavflilik darajasini, javobgarlikning muqarrarligini va chin koʻngildan pushaymon boʻlishi zarurligini anglab yetishlari muhimdir.

 

Amnistiya aktini qoʻllashning ochiq va oshkoraligini ta’minlash masalalari ham qatnashchilarning diqqat-e’tiborida boʻldi.

 

Amnistiya aktiga asosan, jazodan ozod qilingan shaхslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari hamda ularning qayta jinoyat sodir etmasliklari uchun ichki ishlar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, sogʻliqni saqlash idoralari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlari oʻzaro hamkorlikda ish olib borishlari lozimligi koʻrsatib oʻtildi.