Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijtimoiy karta orqali tovarlar uchun toʻlov qilinsa, sotish cheki nimalarni aks ettirishi kerak Bir necha lavozimlarda ishlagan shifokorning tarif stavkasini qanday hisoblash mumkin 2026 yil 1 yanvardan kimlar «jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar» toifasiga kirishi mumkin

Arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga litsenziyani onlayn rasmiylashtirish mumkin

12.12.2018

Rus tilida oʻqish

YaIDXPda «Arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyani qayta rasmiylashtirish» interaktiv хizmati ishga tushirildi.

 

Xizmat Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan koʻrsatiladi.

 

Arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga (bundan keyin – Nizom) muvofiq, litsenziyani qayta rasmiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

  • litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda;
  • yangidan vujudga kelgan yuridik shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish sanasida arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda;
  • litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻхtatilgan taqdirda.

 

Xizmatdan foydalanish uchun YaIDXPda Yagona identifikatsiyalash tizimi (OneID) orqali avtorizatsiyalanish lozim. Hisobga olish yozuvi toʻgʻriligiga ishonch hosil qilish uchun foydalanuvchi OneID tizimida akkauntni tasdiqlashi zarur.  

 

Bunda EKIHning 50%i miqdorida yigʻim toʻlanadi (Nizomning 12, 23-bandlariga qarang), material e’lon qilingan sanada u 101 365 soʻmni tashkil etadi.

 

Tartib-taomil litsenziyalovchi organ tomonidan ariza olingan kundan boshlab 5 kun mobaynida amalga oshiriladi.




V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_