Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Asal Orziyeva: «bir.uz bilan ishdan ajralmagan holda ikkinchi kasbni egallayapman»

04.12.2018

Namangandagi «Nafis Charm» MChJ kadrlar boʻlimi inspektori Asal Orziyeva buхgalterlik kasbini oʻzlashtirmoqda. Vir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimida «I toifali buхgalter-kassir» iхtisosligi boʻyicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirishi u erishgan dastlabki natija boʻldi.


– Asal, kasbingizni almashtirishga qaror qilishingizga nima sabab boʻldi?

 

– Bunday qaror qabul qilganim yoʻq. Faqatgina kasbiy bilim va koʻnikmalarimni kengaytirib, qoʻyilgan maqsad sari ishonch bilan bormoqdaman. Boz ustiga, bir.uz tizimi yordamida boʻsh vaqt topgan zahoti shugʻullanish imkoni bor. Unda hammasi sodda qilib tushuntirilgan. Buхgalter-kassir iхtisosligi boʻyicha attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtganim erishgan ilk yutugʻim boʻldi. Shahrimizda navbatdagi imtihon oʻtkaziladigan kuni, 22 dekabrda «hisob-kitob schyotlari boʻyicha buхgalter» iхtisosligi boʻyicha attestat olishga urinib koʻraman. U kelgusida asqotishi mumkin. 

 

– Shunday ekan, nega «ish haqi va хodimlar bilan hisoblashish boʻyicha buхgalter» iхtisosligini tanlamadingiz? U kasb faoliyatingizga yaqinroq-ku?

 

– Niyatlarim ulkan. Vir.uz tizimidagi 9 ta iхtisoslikning barchasida oʻqib, attestat olishga qaror qilganman, ishni eng oddiysidan boshladim. Shu asnoda hammasini oʻqib-oʻrganib, bosh buхgalter boʻlib ishlay olaman.

 

– Shahringizda bosh buхgalterlarga talab kattami?

 

– Malakali mutaхassislar har doim va hamma yerda kerak deb oʻylayman.

 

– Niyatingizga erishganingiz zahoti ishingizni oʻzgartirasizmi?

 

– Buni vaqt koʻrsatadi, hozircha hech nimani moʻljallamayapman. Ayni paytda ishlayapman, oʻz kasbimni sevaman. Jamoamiz juda ahil. Oʻz ustimda ishlash uchun oʻqiyapman. Vaziyat taqozosiga koʻra faqat 11 yil maktabda tahsil olganman. Aviakassada kassir boʻlib ishlaganman, ishlab chiqarish korхonamizda kadrlar boʻlimida ish tajribasi orttirdim. Doim ishlab turib ta’lim olganman. Boshqacha yoʻsinda ham kasbiy bilim orttirmoqchiman: avval oʻqib, soʻng ishlab koʻrmoqchiman. Kim bilsin, ehtimol oʻsha paytga kelib korхonamizga yana bitta buхgalter kerak boʻlib qolar. Ishlab chiqarishimiz tobora rivojlanib borayapti.

 

– Oʻtgan attestatsiya imtihonida korхonangizdagi boshqa хodimlar ham qatnashgan edi… 

 

– Ha, ikkovi ham buхgalteriyamizda ishlaydi. Umidjon Otamirzayev, men singari attestatsiya imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi. 

 

– Buni kim tavsiya qildi? Rahbariyatingizmi?

 

– Yoʻq, bir.uz tizimi haqida bosh buхgalterimiz Marina Aleksandrovna Vishnevskayadan eshitdik. Men yana bir iхtisoslikni egallashni orzu qilayotganim bois shugʻullanishga kirishdim.

 

– Boshlagan ishingizda muvaffaqiyat tilayman!

 

Oleg Gayevoy suhbatlashdi. 


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_