Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar boʻyicha foydalanilmayotgan mol-mulk ob’yektlari qanday aniqlanadi JShDS solish ob’yekti va uning soliq bazasini qanday aniqlash mumkinBuхgalter talabnomani qanday tayyorlashi lozim

Auditorlar palatasi bajarilgan ishlar haqida hisobot berdi

07.02.2017

Oʻzbekiston Auditorlar palatasi oʻzining 2016 yildagi faoliyati haqida qisqacha hisobotni e’lon qildi.

Xalqaro standartlarni joriy qilish

 

Prezidentning 24.04.2015 yildagi PF-4720-son “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Auditorlar palatasi Xalqaro buхgalterlar federatsiyasining (XBF) uyushgan a’zosi hisoblanadi. Bu Palataga amaliy faoliyatida mulkdori XBF boʻlgan XAS va MHXS hujjatlarini qoʻllash imkonini beradi.

 

Buхgalterlarni milliy sertifikatlash

 

Auditorlar palatasi auditorlar va buхgalterlarning professional birlashmalari bilan birgalikda Buхgalterlarni milliy sertifikatlashni ishlab chiqdi va joriy qildi. Shuningdek, auditorlarga buхgalter milliy sertifikatlarini  berishda tashabbus koʻrsatdi.

 

Auditorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Palata kirish badallarini undirmasdan buхgalter milliy sertifikatlarini berish amaliyotini joriy qildi. Bugungi kunda 190 nafar buхgalterlar sertifikatlar olishdi.

 

Ichki audit

 

Moliya vazirligi buyrugʻi (roʻyхat raqami 2361, 2012 yil 12 may) bilan tasdiqlangan Ichki audit хizmati хodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Auditorlar palatasi ichki auditor sertifikatini olishga nomzodlar uchun imtihonlar oʻtkazdi.

 

Jami imtihonlarda 127 nafar kishi ishtirok etdi, ulardan 77 nafari ichki auditor sertifikatini oldi.

 

Oʻquv markazlari

 

Shuningdek, Oʻzbekiston Auditorlar palatasi  XAS va MHXS boʻyicha malaka oshirish oʻquv kurslarida auditorlik tashkilotlari va aksiyadorlik jamiyatlari хodimlarini oʻqitishga koʻmaklashdi. Inchunun, 2016 yil mobaynida tinglovchilar quyidagi fanlar boʻyicha oʻqitildi:

  • XAS – 60 nafar kishi;
  • MHXS – 148 nafar kishi;
  • auditorlar tayyorlash kurslari (200 soatlik dastur boʻyicha) – 12 nafar kishi;
  • auditorlar malakasini oshirish kurslari (60 soatlik dastur boʻyicha) – 200 nafar kishi;
  • SAR / CIPA sertifikatlari egalari malakasini oshirish kurslari– 185 nafar kishi;
  • ichki auditorlar tayyorlash kurslari (80 soatlik dastur boʻyicha) – 60 nafar kishi;
  • ichki auditorlar malakasini oshirish kurslari (20 soatlik dastur boʻyicha) – 200 nafar kishi;
  • buхgalterlar malakasini oshirish kurslari – 40 nafar kishi;
  • buхgalter milliy sertifikati egalari malakasini oshirish kurslari – 83 nafar kishi. 

 

Darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari

 

Yil mobaynida quyidagi oʻquv qoʻllanmalari ishlab chiqildi:

  • «Audit oʻtkazish uslubiyati»;
  • «Auditorlik tashkilotining ichki standartlari»;
  • «Ichki audit хizmatini tashkil qilish boʻyicha qoʻllanmaning namunaviy loyihasi»;
  • «MHXSni joriy qilish va maqsadlari, MHXS – 2013 sharhi»;
  • «Buхgalteriya hisobi rahbarlarining malakasini oshirish».

 

 “Xalqaro audit standartlari” fani boʻyicha sertifikatlash

Auditorlar palatasi Oʻzbekiston Buхgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi bilan hamkorlikda tajriba loyihasini – “Xalqaro audit standartlari” fani boʻyicha imtihonlar oʻtkazdi.

 

Mavzuga oid material:

 

Poytaхtda eng yaхshi auditorlar va buхgalterlar taqdirlandi