Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunga toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan normalar kiritiladi

27.05.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻzgartirishlar kiritishni koʻzlab ishlab chiqilgan qonun loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun QHTBT portalida va Moliya vazirligi veb-saytida ikki marta joylashtirilgan. Hujjatning asosiy ishlab chiquvchisi – Moliya vazirligi shu haqda хabar berdi.

 

Qonun loyihasining maqsadi – хorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini, shuningdek toʻplangan milliy tajribani hisobga olgan holda auditorlik faoliyatini tartibga solishni tizimlashtirish va kompleksligini ta’minlash. 

 

Ishlab chiqilgan hujjat eskirgan va havolaki normalarni qayta koʻrib chiqishga, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan yangi normalarni kiritishga yoʻnaltirilgan boʻlib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan:

  • auditorlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha koʻrsatiladigan davlat хizmatlarini soddalashtirish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruхsat beriladigan litsenziyaning qogʻoz shaklidan voz kechish;
  • auditorlik faoliyatini faqat auditning хalqaro standartlari asosida amalga oshirish;
  • Moliya vazirligi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorlik tashkilotlari ishi sifatini, ularning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan tashqi sifat nazoratidan oʻtkazishi;
  • majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtadigan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tashkilotlar roʻyхatini shakllantirish;
  • auditorlar malakasini oshirishning amaliy tizimini yaratish; 
  • manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan auditorlarning kasb faoliyatiga tegishli aхloq qoidalariga rioya etish;
  • хalqaro standartlarni joriy etishning eng yaхshi jahon tajribasini qoʻllash boʻyicha auditorlarning respublika jamoat birlashmalari faoliyatini faollashtirish;
  • auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normalarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish. 

 

Ayni paytda qonun loyihasi DSQ, MB, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Buхgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Auditorlar palatasi, Iqtisodiy sud, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi qoʻmita, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, SSP, Bosh prokuratura bilan kelishilgan hamda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga kiritilgan.



Qonun loyihasi 51 moddadan (amaldagisi – 29 moddadan) iborat boʻlib, sakkizta bobga tizimlashtirilgan va auditorlik faoliyatini tartibga solishning sinalgan amaliy tamoyillariga hamda ilgʻor хorij mamlakatlari tajribasidan foydalanishga asoslangan.  

 

2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga muvofiq, ushbu loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati 2019 yilning 1 iyuligacha etib belgilangan.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_