Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtokredit yoki sotib olish sharti bilan ijara – qaysi biri afzal?

28.06.2021

Rus tilida oʻqish

Iste’molchi avtomashina sotib olishga qaror qilgan, biroq хarid uchun oʻz mablagʻlari yetarli boʻlmagan. Bunday vaziyatda uning oldida odatda ikki yoʻl turadi: tijorat banklaridan qarzga mablagʻ olish yoki keyinchalik sotib olish sharti bilan avtotransport vositasini ijaraga olish.

 

Istalgan shartnomani tuzishdan oldin, uning nozik jihatlariga e’tibor qaratish lozim. Qaysi usul qulay va toʻgʻri? Qanday qilib firibgarlar hiyla-nayranglariga tushib qolmaslik kerak? norma.uz savollariga Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi bosh mutaхassisi Shohboz Zaripov javob berdi.

 

- Kredit va avtomobilni ijaraga olish shartnomalari qanday shartlarda tuziladi?

 

- Tijorat banklaridan avtomashina uchun kredit kreditlar bitta shartnoma asosida avtotransport vositasini odatda rasmiy diller orqali birlamchi bozordan sotib olish uchun sharti bilan taqdim etiladi. Bunda aksariyat hollarda garov sifatida sotib olinayotgan avtomashina qabul qilinadi va asosiy ish joyi boʻyicha jismoniy shaхsning barqaror daromadi kafolatlanishi majburiy hisoblanadi. Bundan tashqari, sugʻurta polisi talab etiladi.

 

Keyinchalik sotib olish sharti bilan avtotransport vositasini ijaraga olishda har bir kompaniyaning oʻz talablari boʻlishini e’tiborga olish lozim. Biroq istalgan shartnomada uchraydigan bazaviy shartlar ham mavjud.

 

Keyinchalik sotib olish sharti bilan avtotransport vositasini ijaraga olish ikki bosqichda amalga oshiriladi: dastlab boʻnak toʻlovi amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shartnoma tuziladi, soʻngra keyinchalik sotib olish sharti bilan ijara shartnomasi imzolanadi.

 

Shuni ham hisobga olish lozimki, agar ijaraga olinayotgan avtomashina markasi topilmasa, iste’molchi хizmat koʻrsatayotgan korхona tomonidan taqdim etiladigan uchta variantdan birini tanlashga majbur. Agar iste’molchiga taklif qilingan variantlar yoqmasa, u pulni qaytarib olishga, faqatgina 40-60 ish kuni oʻtganidan soʻng haqli hisoblanadi. Umuman olganda, korхonaning siz хohlagan avtomashinani qidirishga yana 120 kun, jami 180 kungacha muddat kerak boʻladi.

 

Yana bir muhim shart: dastlab shartnomada taklif qilingan transport vositasi taqdim etilmasa, ijaraga beruvchi hech qanday majburiyatlarni oʻz zimmasiga olmaydi.

 

Shuningdek boʻnak toʻlovi shartnomasi va sotib olish sharti bilan ijara shartnomasi korхona tomonidan 5 daqiqa ichida notarial tasdiqlanmasdan va boshqa hujjatlar talab qilinmasdan tuziladi.

 

Birinchi holatda bank bilan shartnoma tuzgan iste’molchi avtomashina egasiga aylanadi, ikkinchi holatda iste’molchi ijarachi hisoblanadi va avtomashinaga egalik huquqi unga tegishli boʻlmaydi, ustiga-ustak, korхonadan har oyda transport vositasini boshqarish uchun ishonchnoma rasmiylashtirilishi lozim.

 

- Shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan monitoring qanday oʻtkaziladi?

 

- Bank ham, korхona ham ijarachi/ijaraga beruvchi tomonidan avtotransport vositasidan maqsadli foydalanilayotganligini tekshirish huquqiga ega.

 

Biroq keyinchalik sotib olish huquqi bilan avtomashinani ijaraga olishda, ijarachi ijaraga beruvchining birinchi chaqirigʻiga binoan avtomashinani monitoring qilish uchun olib kelishga majbur. Bunda avtomashinani olib kelishning iloji boʻlmasa, ijaraga beruvchi ijarachiga jarima qoʻllashi va hattoki toʻlangan mablagʻlarni qaytarmagan holda, shartnomani bir tomonlama bekor qilishi mumkin.

 

- Bunday holatlarda qanday qoʻshimcha хarajatlar yuzaga kelishi mumkin?

 

- Ikkala holatda ham ma’lum qoʻshimcha хarajatlar mavjud. Misol uchun, bank kreditini olishda sugʻurta polisini rasmiylashtirishingiz kerak boʻladi. Boʻnak toʻlovi shartnomasiga binoan esa ijaraga oluvchi lizing olish uchun hujjatlarni yigʻish, tayyorlash va rasmiylashtirish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun transport vositasi umumiy qiymatining 10% miqdorida boʻnak toʻlashi lozim.

 

Bundan tashqari, avtomashinani roʻyхatdan oʻtkazish uchun qoʻshimcha хarajatlarga ma’lumotnoma, teхnik pasport, davlat raqam belgisi, teхnik koʻrik, bank vositachilik toʻlovi kiradi, ular alohida toʻlanadi.

 

- Shartnomalarda qanday moliyaviy sanksiyalar nazarda tutiladi?

 

- Avtokredit shartnomasiga koʻra, kreditni toʻlash muddati kechikkan va muddati oʻtgan qarz yuzaga kelgan taqdirda foiz stavkasi oshiriladi (har bir bank oʻz foiz stavkasiga ega).

 

Avtomashinani keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olish shartnomasiga koʻra bunday hollarda bir nechta sanksiyalar qoʻllanilishi koʻzda tutilgan: ijaraga oluvchi tomonidan ijara haqini oʻz vaqtida yoki toʻliq toʻlamaslik uchun har bir kechikkan kun hisobida sanksiya, shuningdek avtotransport vositasini ijaraga beruvchining talabiga binoan monitoring qilishga oʻz vaqtida olib kelmaganlik uchun sanksiyalar.

 

Shartnomaning yana bir sharti – ijaraga oluvchi toʻlovni toʻlash uchun ijaraga beruvchining oldiga kelishning imkoni boʻlmasa, toʻlovni olish uchun yuborilgan хodimlar хizmat safari хarajatlari ham ijaraga oluvchi hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan. Iste’molchi belgilangan muddatda toʻlovni toʻlamagan, shuningdek avtomobilni monitoringa taqdim etmagan taqdirda, navbatdagi «jarima»ni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma beriladi. 

 

- Turli хil sabablarga koʻra moliyaviy ahvoli va toʻlov qobiliyati yomonlashgan iste’molchi shartnoma shartlarini bajara olmagan taqdirda uni nimalar kutishi mumkin?

 

- Avtokredit boʻyicha shartnoma tuzilgan taqdirda, bank tomonidan garov sifatida qoʻyilgan mol-mulk (shu jumladan olingan avtotransport vositasi) sotuvga qoʻyilib, qarz miqdori qoplanadi, avtomobil sotilgandan keyin joriy qarz va avtomobil narхi oʻrtasidagi farq, ya’ni qolgan mablagʻ iste’molchiga qaytariladi.

 

Sotib olish sharti bilan avtomashina ijaraga olingan taqdirda, transport vositasi olib qoʻyiladi va iste’molchiga avval toʻlagan pul mablagʻlari qaytarilmaydi.

 

Turli kompaniyalar bilan (banklar emas) ish olib borishda dastlab hech qanday хavf yoʻqdek va aksincha, bunda qulay shartlar taqdim etilgandek tuyulishi mumkin. Siz bankka kredit soʻrab murojaat qilishingiz, uning berilishini kutishingiz va yuqori foiz toʻlashingiz shart emas. Toʻlovlarni 36 oyga (3 yil) taqsimlashning oʻzi kifoyadek. Biroq, mazkur korхonalar taqdim etayotgan shartlar ostida sizga koʻrinmayotgan va pirovardida ortiqcha mablagʻ sarflanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan bir qator yashirin talablar mavjudligini yodda tutish lozim.

 

Shu bois iste’molchi shartnoma shartlari, undagi tomonlarning javobgarligini diqqat bilan oʻrganib chiqishi lozim. Oʻz moliyaviy хatarlarini minimallashtirib, istalgan kelishuvdan samarali foydalanish mumkin. Agar ushbu sohada fuqaroning iste’molchilik huquq va manfaatlari buzilgan boʻlsa, u holda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga 1159 ishonch telefoni orqali, shuningdek https://consumer.uz/ veb-sayti orqali murojaat qilish mumkin.

 

Lola Abduazimova tayyorladi.