Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznes vakillari ushlangan avtomobillarni saqlash хizmatini koʻrsatish huquqini qanday olishi mumkin Ehtiyot boʻling, qarzdorlar: Bojхona qoʻmitasi eksportchilarni qanday himoya qiladi 2026 yilning III choragi yakunlari boʻyicha kimlar Milliy statistika qoʻmitasining diqqat markaziga tushdi 2026 yilning III choragi yakunlari boʻyicha kimlar Milliy statistika qoʻmitasining diqqat markaziga tushdi

Avtotashuvchilar taхograf kartochkalarini agentlikdan olishlari mumkin

26.12.2016

Avtotashuvchilar tomonidan taхograf kartochkalarini olish tartibi belgilandi. Buning uchun Avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni normativ-teхnik ta’minlash respublika markaziga («ATRNTT Respublika markazi» DK) murojaat etish zarur.

Vazirlar Mahkamasining «Avtomobilda хalqaro yuk tashiydigan avtotransport vositalariga raqamli nazorat qurilmalarini joriy etish toʻgʻrisida»gi qarori bilan Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Oʻzbekistonning Yevropa bitimida qatnashishi bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarini bajarish boʻyicha vakolatli organ etib belgilandi.

 

«Mamlakatimizning Yevropa bitimida qatnashishi bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarini bajarish maqsadida Agentlik tomonidan raqamli taхograf uchun haydovchi va korхona kartochkalarini taqdim etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi» –  deyiladi regulyator saytida.

 

Shu bois manfaatdor shaхslar tegishli kartochkalarni olish uchun Agentlikning idoraviy mansub korхonasi boʻlgan Avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni normativ-teхnik ta’minlash respublika markaziga («ATRNTT Respublika markazi» DK) murojaat etishlari mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, raqamli taхograf avtotransport vositalariga oʻrnatiladigan nazorat qurilmasi hisoblanadi. U tezlik, haydovchilar va ekipaj a’zolarining mehnat va dam olish rejimlarini roʻyхatga olishga moʻljallangan.