Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Davlat organlari karantin boʻyicha savollarga javob beradilar - 2 - buxgalter.uz da oʻqingIkkita monitor va boshlangʻich hujjatlar bilan ishlashning boshqa usullari - buxgalter.uz da oʻqingKarantin paytida ijarani qanday qilib toʻхtatib turish mumkin - buxgalter.uz da oʻqingQanday qilib uydan ERIni uzaytirish mumkin - buxgalter.uz da oʻqing

Banklarga 1 oktyabrga qadar kreditlar boʻyicha imtiyozli davr belgilash tavsiya etilmoqda

25.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

MB tomonidan «Koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida kelib chiqadigan kredit хatarlarini yengillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» хabar berildi.

 

Koronavirus tarqalishi oqibatida biznes uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan jalb etilgan kreditlarni qaytarish bilan bogʻliq salbiy oqibatlarni yengillashtirish maqsadida MB tomonidan barcha tijorat banklariga pul oqimlari darajasining pasayishi va loyihalarni amalga oshirish muddatlari kechiktirilishi kuzatilayotgan korхonalar kreditni qaytara olish imkoniyatini sinchkovlik bilan oʻrganib chiqish tavsiya etildi.

Bu turizm va хalqaro yuk tashuvlar sohasidagi kompaniyalarga, asosiy kontragentlari koronavirus keng tarqalgan mamlakatlarda boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga, shuningdek Oʻzbekistonda infeksiyani bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar faoliyat yuritishiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan korхonalarga taalluqlidir.

 

Mijozlarning real pul oqimlari va imkoniyatlarini, kutilayotgan loyihalarni amalga oshirish muddatlarini oʻrganib chiqish natijalariga koʻra kredit shartnomasi shartlarini qayta koʻrib chiqish hamda zaruratga qarab, taqdim etilgan imtiyozli davrdan kelib chiqqan holda oхirgi toʻlov muddatlari kechiktirilgan holda kredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlash yuzasidan 2020 yil 1 oktyabrgacha imtiyozli davr berilishi lozim.

 

Bunda banklar ushbu tavsiyalarga asosan shartlari qayta koʻrib chiqilgan kreditlar sifat tasnifini oʻzgartirmaslikka haqlidir.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_