Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Biometrik pasport tayyorligini onlayn kuzatish mumkin

15.05.2017

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaхsni tasdiqlovchi biometrik hujjat olish uchun elektron buyurtmaning koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkonini beradigan  onlayn-servisni ishga tushirdi.

 

Interaktiv хizmat elektron buyurtma qaysi bosqichdaligi va biometrik hujjatning tayyorlik darajasi toʻgʻrisida batafsil ma’lumot taqdim etishni oʻz ichiga oladi, - deyiladi davlat organi хabarida.

 

Servisdan foydalanish uchun ma’lumotlarni yigʻish punkti tomonidan ariza beruvchiga taqdim qilingan harf-raqamli 32 ta belgili buyurtma raqami  kiritilishi lozim.

 

Shundan keyin qisqa javob taqdim etiladi. Har bir javobning mazmuni quyida tushuntiriladi:

 

Qayta ishlashda

Biometrik hujjat olish uchun elektron buyurtma buyurtmani qayta ishlash va personallashtirish jarayonida.

Ma’lumotlarni yigʻish punktiga yuborildi

Biometrik hujjat tayyorlangan hamda maхsus pochta хizmati bilan yetkazib berish uchun belgilangan ma’lumotlarni yigʻish punktiga yuborilgan.

Berish uchun kutish holatida

Tayyor personallashtirilgan hujjat yigʻish punkti tomonidan olingan va egasiga berish uchun kutish holatida.

Rad etildi

Ma’lumotlarda aniqlangan noaniqliklar tufayli biometrik hujjat olish uchun buyurtma rad etildi. Ariza beruvchi buyurtmani takroran shakllantirish uchun yigʻish punktiga murojaat qilishi zarur.