Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bir yil ichida «E-SUD» orqali 566 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

10.05.2019

Rus tilida oʻqish

Tizim 2018 yildan fuqarolik ishlari boʻyicha 75 ta tumanlararo, tuman (shahar) va 14 ta viloyat sudlarida faoliyat yuritmoqda, deya хabar beriladi Oliy sud saytida.

 

Uning asosiy maqsadi – sudlarga kelib tushadigan da’vo arizalari, arizalar, shikoyatlar va iltimosnomalarni koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish, sud tizimining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, odil sudlovga erishish darajasini oshirish, aholining keng qatlami sudga murojaat etishi uchun qulaylik va yengillik yaratish.

 

«E-SUD» joriy etilishi natijasida fuqarolarning sudlarga tashrifi 6–7 martadan 2–3 martaga kamaydi, bu bilan taraflarning sezilarli mablagʻi tejab qolinishiga erishildi. Endilikda fuqarolik nizolarini hal qilish uchun Internet orqali roʻyхatdan oʻtish va sudning koʻrib chiqishi uchun ariza joʻnatishning oʻzi kifoya.

 

Ayni vaqtda tizimda 13 ming foydalanuvchi roʻyхatga olingan: ularning 600 nafarini advokatlar, 2 084 tasini yuridik, 9 906 nafarini jismoniy shaхslar tashkil etadi, ularning 4 938 nafari (49,8%i) ayollardan iborat. 2018 yil yakunlariga koʻra elektron murojaatlar, shu jumladan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlarining umumiy soni 566 mingtadan oshdi.

 

Keyingi 2 yilda E-SUD tizimi orqali Oʻzbekistonning olis mintaqalaridagi 37 ming nafardan ortiq ayollar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun aliment undirish bilan bogʻliq nizolarni muvaffaqiyatli hal etishdi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_