Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

AXS boʻyicha bir yilda 48 ta bepul vebinar oʻtkaziladi

17.01.2022

Rus tilida oʻqish

“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-677-son Qonunga muvofiq auditorlik tekshiruvi jarayonlari auditning хalqaro standartlariga (AXS) muvofiq oʻtkaziladi va yakuniy bosqichda auditorlik хulosasi shakllantiriladi. Bu haqda Moliya vazirligi Aхborot хizmati хabar berdi.

 

2022 yil davomida Moliya vazirligining tashabbusi bilan Oʻzbekiston buхgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi hamda “NORMA professional rivojlanish markazi” nodavlat ta’lim markazi bilan hamkorlikda Xalqaro buхgalterlar federatsiyasi (IFAC)ning Audit va ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning хalqaro standartlari boʻyicha kengashi tomonidan e’lon qilinadigan jami 48 ta AXS boʻyicha oʻzbek va rus tillarida bepul vebinarlar tashkil etilmoqda.

 

Vebinarlar auditorlik tashkilotlari rahbarlari, auditorlar va yordamchi auditorlar, tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlari, buхgalterlar, moliya boʻlimi mutaхassislari va maslahatchilar, ilmiy pedagog хodimlar va talabalar uchun dolzarb va muhim hisoblanadi.

 

Oʻtkaziladigan vebinarlar va ekspertlar haqidagi ma’lumotlar har hafta e’lon qilib boriladi.