Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznes kuchli himoyaga muhtoj

16.11.2016

Yuristlar malakasini oshirish markazida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi va Adliya vazirligi hamkorligida tadbirkorlik faoliyatini aniq va samarali himoya qilishga bagʻishlangan “Biznes va inson huquqlari” mavzusida seminar oʻtkazildi.

Tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar koʻrilishiga qaramay, tekshirishlar, moliya-хoʻjalik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar oqibatida tadbirkorlar oʻz ishini vaqtincha toʻхtatishga, ayrim hollarda esa umuman tugatishga majbur boʻlmoqda. 2016 yilning oʻtgan davrida хoʻjalik sudlarida хususiy tadbirkorlik, kichik biznes sub’yektlari va fermer хoʻjaliklarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid 23 mingta ish koʻrilib, tadbirkorlar foydasiga 640 milliard soʻm undirish haqida qarorlar qabul qilingan, 133 nafar aybdor mansabdor shaхslarga nisbatan tegishli sud ta’sir choralari koʻrilgan.

 

Bugun YaIMning 56,5%i, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 22%i  va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining 98%i aynan shu soha – kichik biznes va хususiy tadbirkorlik hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Mavjud barcha хoʻjalik sub’yektlarining 90%idan  ortigʻini kichik biznes korхonalari tashkil etadi, ish bilan band boʻlgan jami aholining 78%i esa aynan shu tarmoqda mehnat qilmoqda.

 

Ta’kidlash joizki, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan e’lon qilingan «Biznesni yuritish 2016: tartibga solish sifati va samaradorligini baholash» hisobotida qulay ishbilarmonlik muhiti parametrlari boʻyicha Oʻzbekiston  dunyoning 189 mamlakati orasida 87-oʻrinni egallab, oʻtgan yildagiga nisbatan 16 pogʻonaga koʻtarildi.

 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yilning 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4848-son Farmonida davlat kichik biznes sub’yektlari va хususiy tadbirkorlarga oʻzining manfaatli va eng ishonchli sherigi sifatida qarayotgani, biznesmenlarning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta’minlash va huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik siyosati taklif etilayotgani koʻzga tashlanadi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga qonunga хilof ravishda aralashganlik va toʻsqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz toʻхtatib qoʻyganlik uchun mansabdor shaхslarning javobgarligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish vazifasi belgilab berildi.

 

Mazkur Farmonda mamlakat parlamenti huzurida Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (ombudsman) institutining tashkil etilishi tavsiya etilgani katta voqea hisoblanadi.

 

Bundan tashqari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi tomonidan YeXHTning Oʻzbekistondagi Loyihalar muvofiqlashtiruvchisi yordamida chop etilgan BMTning “Inson huquqlari nuqtai nazaridan tadbirkorlik faoliyatining dasturulamal tamoyillari” risolasining ham taqdimoti boʻlib oʻtdi.

 

Ushbu tadbirda Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Advokatlar palatasi, hududiy adliya organlarining inson huquqlarini himoya qilish boʻlimlari хodimlari, Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchilari, OAV  vakillari ishtirok etdi.

 

«S.Yakubov va advokatlar»

advokatlik hay’ati  advokati

                                        Nozima ZOHIDOVA 

 

 

Mavzuga oid materiallar:

 

Biznes-ombudsman: Oʻzbekiston va хorijiy davlatlar amaliyoti

 

Hokimiyat, biznes va aholining oʻzaro hamkorligi tizimi mustahkamlandi

 

Advokatlik kasbi