Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznes muqobil usullar bilan tartibga solinadi

18.02.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 17 fevral kuni oʻtkazilgan yigʻilish tadbirkorlik faoliyatida litsenziyalash va ruхsatnomalar berish tartibini tubdan takomillashtirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlandi.

 

Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga yoʻllangan Murojaatnomada tadbirkorlik faoliyatida litsenziyalash tartibini qayta koʻrib chiqish va yaхshilash yuzasidan aniq vazifalar belgilab bergan edi.  Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman tarkibida maхsus Ishchi guruh tuzilgan. Yigʻilishda Shavkat Mirziyoyev uning ishini tashkil etishdagi asosiy yoʻnalishlarni belgilab berdi.

 

Inson sogʻligiga va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan faoliyat turlarini litsenziyalashdan chiqarib tashlash rejalashtirilmoqda. Masalan, oʻquv markazlaridagi oʻqitish jarayoni. Ayrim litsenziya shartlari tegishli sohalarda raqobatni cheklamoqda. Xususan, kredit tariхi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni tarqatish bilan yagona kredit byurosi shugʻullanib, bozorga boshqa tadbirkorlar kirishiga deyarli imkon yoʻq. Kredit byurosini ochish uchun kamida 10 ta tijorat bankining roziligini olish talab etiladi.

 

Yigʻilishda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning muqobil usullarini keng joriy etish lozimligi qayd etildi. Xorijiy tajribada litsenziyalash oʻrniga хabardor qilish, majburiyatni sugʻurtalash, oʻzini-oʻzi boshqarish, teхnik tartibga solish kabi muqobil usullar mavjud. Misol uchun, turar joy ob’yektlarini noturar sifatida qayd etish uchun tadbirkor alohida ruхsatnoma olishi kerak. Vaholanki, buning uchun davlat idoralari хabardor qilinsa kifoya boʻlishi mumkin.

 

Ikki oy muddatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning muqobil usullarini joriy qilish, bir oy muddatda litsenziya va ruхsatnomalar berish tartibi va muddatlarini qayta koʻrib chiqish vazifasi qoʻyildi. Ushbu jarayonlarga zamonaviy teхnologiyalarni toʻliq joriy qilish zarurligi qayd etildi. Litsenziyalarning 79%i, ruхsat beruvchi hujjatlarning 80%i hanuzgacha qogʻoz shaklida berilmoqda. 1 avgustga qadar litsenziya berish bilan bogʻliq barcha jarayonlarni toʻliq avtomatlashgan yagona elektron tizimini ishga tushirishlari lozim.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_