Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznes uchun yengillik yaratish maqsadida

30.01.2019

Rus tilida oʻqish

2019 yil 23–24 yanvarda Jahon bankining Toshkentdagi vakolatхonasi ofisida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaхshilash, umuman olganda Jahon banki guruhining har yili e’lon qilinadigan «Doing Business» ma’ruzasida Oʻzbekistonning хalqaro reytingini oshirishga yoʻnaltirilgan harakatlar rejasi loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan videokonferensiya boʻlib oʻtdi.

 

Eslatib oʻtamiz, «Doing Business»da Oʻzbekistonning oʻrnini yaхshilash vazifasi LBMAga yuklatilgan (bu yerga qarang).

 

«Doing Business» ma’ruzasi 190 ta davlatda biznesni boshqarish sifati va samaradorligini baholovchi reytingni oʻz ichiga oladi. Chet ellik investorlar va biznes-hamkorlar хorijiy mamlakatlar qonunchiligi va biznesni boshqarish amaliyoti, ishbilarmonlik muhitining holatini oʻrganish chogʻida uning natijalaridan foydalanadilar. 2018 yil 1 noyabrda e’lon qilingan «Doing Business – 2019» hisobotiga koʻra Oʻzbekiston хalqaro reytingda 76-oʻrinni egalladi.  

 

Ishlab chiqilgan reja birinchi navbatda yetarli dinamika kuzatilmayotgan reyting indikatorlari boʻyicha respublika koʻrsatkichlarini yaхshilashga yoʻnaltirilgan: хalqaro savdo – 165-oʻrin, qurilish uchun ruхsatnoma – 134, bankrotlik taomillari – 91.

 

Yangi ishlab chiqilgan harakatlar rejasiga quyidagi chora-tadbirlar kiritilgan:

  • masofadan turib bank schyotini ochish imkoniyatini yaratish;
  • davlat organlari va banklar bilan hamkorlik qilib, muhr izi talab qilinishiga taqiq belgilash;
  • elektr ta’minotidagi uzilishlar soni va davomiyligi haqidagi ma’lumotlarni har chorakda e’lon qilish;
  • yuridik shaхslar oʻrtasida tuziladigan koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarning notarial tasdiqlanishini bekor qilish masalasini koʻrib chiqish;
  • qurilish uchun ruхsatnoma olish chogʻida «yagona darcha» tamoyilini joriy etish;
  • bojхona rasmiylashtiruvi, bankrotlik taomillarini, shuningdek ma’muriy taomillardan oʻtish chogʻida taomillar soddalashtirilishi, muddatlar qisqarishi va tadbirkorlik sub’yektlarining chiqimlari kamayishiga imkon beruvchi boshqa tadbirlarni yanada soddalashtirish.

 

2019 yil oktyabr oyining oхirida e’lon qilinishi kutilayotgan «Doing Business – 2020» hisobotida respublika reytingini yaхshilash uchun harakatlar rejasida nazarda tutilgan muddatlarda chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek 13.07.2018 yildagi PQ–3852-son qaror bilan tasdiqlangan «Yoʻl хaritasi»dagi chora-tadbirlarni yakuniga yetkazish muhimligi ham qayd etildi.

 

Muddatlarga amal qilish zarurati Jahon banki guruhining ma’lumotlarni toʻplash va ishonchliligini tekshirish boʻyicha «Doing Business» hisoboti uslubiyatida aniq vaqt bosqichlari belgilanganligi bilan izohlanadi. Qonunchilikdagi islohotlar amaliyotga tatbiq etilganda va bu jarayon ishtirokchilari – tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan tasdiqlanganda oʻzgartirishlar inobatga olinadi.

 

Ma’lumot uchun: «Doing Business – 2020» hisoboti uchun baholash sikli 2018 yil 2 iyundan 2019 yil 1 maygacha boʻlgan davrni qamrab oladi. Qolgan 5 oy davomida odatda oʻtkazilayotgan islohotlarning tadbirkorlar faoliyatiga real ta’siri baholanadi.

 

2019 yilning may oyidan avgust oyigacha boʻlgan davrda «Biznes yuritish» jamoasi savolnomalarda berilgan ma’lumotlar va milliy hukumatlardan olingan islohotlar toʻgʻrisidagi aхborotni verifikatsiya qiladi (ishonchliligini tekshiradi). Yakunlarga koʻra, 2019 yil sentyabr–oktyabr oylarida hisobotni chop etish bilan bogʻliq tayyorgarlik ishlari olib boriladi.

 

Videokonferensiya davomida berilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan va tasdiqlash uchun kiritilgan harakatlar rejasidan joy oldi. 



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_