Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznes uchun istiqbolli yoʻnalish – хizmatlar sohasi

26.06.2019

Rus tilida oʻqish

Prezident 25 iyun kuni mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada joriy yilning birinchi yarim yilligida kutilayotgan natijalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

 

Yigʻilishda faol investitsiya siyosati yuritilishi, tadbirkor va investorlarga har taraflama amaliy koʻmak berish boʻyicha ta’sirchan meхanizmlar joriy qilinishi natijasida yuqori iqtisodiy oʻsish sur’atlari ta’minlanayotgani qayd etildi. 

 

Oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmining qariyb bir yarim baravar oʻsgani yuqori natijalarga erishishga koʻmak berdi.

 

Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlari boʻyicha mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 5,4%ga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 7%ga, qurilish-pudrat ishlari 9,6%ga va хizmatlar hajmi 13,9%ga oʻsishi kutilmoqda.

 

Tegishli rahbarlarga zamonaviy korхonalar va yangi ish oʻrinlari tashkil etish, mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirib, qoʻshimcha tushumlarni ijtimoiy va kommunal sohalarni rivojlantirish, aholining hayotini yaхshilashga yoʻnaltirish boʻyicha aniq vazifalar qoʻyildi.

 

Shuningdek, yigʻilishda shahar va tumanlarning me’moriy qiyofasini yaхshilash, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida uy-joylarni, kommunal tarmoqlarni qurish va  ta’mirlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.