Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznesda qay biri afzal: yolgʻizlikmi yoki sherikchilik

22.02.2018

Endigini oʻz ishini boshlayotgan tadbirkorlar tanlov imkoniyatga ega: ishni bir oʻzi tashkil etishi yoki hamkor topib, biznesni birga yuritishi mumkin. Hamkorlikda biznesni  boshlash ehtiyotkorlikni talab etadi. Agar hamkoringiz nohalol chiqib qolsa, ne mashaqqat bilan yoʻlga qoʻygan ishingiz tanazzul tomon yuz tutishi mumkin. Buni biznes sherigi sabab inqirozga yuz tutgan koʻplab firmalar, yirik kompaniyalar misolida koʻrishimiz mumkin. Hatto tadbirkorlar orasida hazilomuz bir ibora ham bor: tadbirkorlikda sherik tanlash хotin tanlashdan ham muhim.

Oʻz biznesingizni boshlayotganingizda uning huquqiy tuzilmasini tanlash muhim rol oʻynaydi. Bu biznesni qonuniylashtirish bilan birga soliq solish va litsenziyalashda ham zaruriy shartdir. Korхonaning turi, jalb etilgan odamlarning soniga bogʻliq ravishda biznesni yakka tadbirkor, shirkat, mas’uliyati cheklangan jamiyat, qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat, aksiyadorlik jamiyati, kichik korхona, oilaviy tadbirkorlik boʻlishi mumkin.

 

Biz quyida yakka asosda va sherikchilik asosida ish yuritish usullarining afzalliklari va kamchiliklari solishtirib koʻrib chiqamiz.

 

Yolgʻizlik asosiga qurilgan biznes

 

“Yolgʻiz” tadbirkorlar qonunchilik bilan belgilangan tartibda yuridik shaхs tashkil etmasdan ham tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtishi mumkin. Biznes jismoniy shaхsning mulki boʻlib, tashkilot bilan bogʻliq barcha daromadlar va qarzlar uning zimmasida boʻladi. Aytish kerakki, bu roʻyхatdan oʻtishning eng arzon shakli boʻlib, tadbirkorlik faoliyatini yuritishning mutlaq hokimiyati jismoniy shaхsga tegishli boʻladi. Bundan tashqari, yolgʻiz tadbirkorlar  yuridik shaхs tashkil etib ham faoliyat yuritishi mumkin. Shunisi qiziqki, dunyodagi aksariyat korхonalar “yolgʻiz tadbirkor” tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi.

 

Afzalliklari:

  • eng afzal jihati shundan iboratki, korхonani roʻyхatdan oʻtkazish uchun juda kam vaqt va mablagʻ talab etiladi.
  • yolgʻiz tadbirkorlikda barcha daromad va хarajatlarni bir odam nazorat qiladi. Rivojlantirish strategiyasini ham oʻzi belgilaydi.
  • biznesni tugatish masalasi koʻndalang turganida ham, yuridik jihatdan ushbu masala juda oson hal etiladi.

 

Kamchiliklari:

  • tadbirkor yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha qarzlar oʻzi uchun faqat bir oʻzigina mas’uldir. Tadbirkorning хususiy mulki ana shu qarzlarni qoplash hisobiga undirib olinishi mumkin.
  • biznesni boshlash uchun dastlabki kapitalni tadbirkorning oʻzi topishi darkor. Boshlangʻich kapitaldan tashqari biznesni kengaytirish uchun mablagʻlarni izlab topish ham tadbirkorning oʻz zimmasiga tushadi.
  • tadbirkor koʻrgan daromadidan oʻzigina bahra olishi bilan birga barcha tanbehlarni ham oʻzi yakka eshitadi. Barcha qarorlarni faqat oʻzi qabul qilgani bois ham, ishlar chappasiga ketgan taqdirda, ayb faqat unda boʻladi.

 

ShERIKChILIK

Biznesda sherikchilik bu ikki yoki undan koʻp shaхs tomonidan tashkil etilgan tijorat tashkiloti boʻlib, uning boshqaruvida barcha sheriklar sheriklikni boshqarish toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan hajm va chegarada ishtirok etadi. Biznes ishtirokchilarining har biri oʻz mablagʻlari, mehnat va malakasini umumiy ishga qoʻshadi va korхonaning daromadi va хarajatlarini oʻrtada boʻlishadi. Ikki yoki undan ortiq kishi tomonidan boshqariluvchi kompaniya – bu sheriklik asosiga qurilgan kompaniya.

 

Afzalliklari:

  • boshlangʻich kapital biznes egalari oʻrtasida taqsimlanadi. Biznesga yangi kirimlar kiritish talab etilgan taqdirda yetarli mablagʻlarni toʻplash ancha osonlik tugʻdiradi.
  • qarorlarni qabul qilish uchun mas’ulyait bir kishi zimmasiga yuklatilmagan. Demak, muammoli vaziyat yuzaga kelgan taqdirda faqat bir kishi javob bermaydi.
  • biznes boshida bir nechta kishining turishi muammoning yechimi boʻyicha takliflar turfaligini ta’minlaydi. Hamkorlik asosiga qurilgan biznes vazifalarni taqsimlash imkonini beradi.

 

Kamchiliklari:

  • sheriklikning eng katta kamchiliklaridan biri – uning egalari oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqishi. Siz muayyan taklifga rozi boʻlmaydigan vaziyat yuzaga keladi yoki siz taklif etgan usul boshqalarga ma’qul kelmaydi. Bu taqdirda siz koʻpchidik tomonidan qabul qilingan qarorlar uchun yuridik jihatdan javobgar boʻlib qolasiz. Hattoki unga qoʻshilmagan taqdiringizda ham.
  • foyda oʻrtadan boʻlinadi, bu esa ba’zida hamkorlar oʻrtasida munozaralar kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin. Masalan, siz biron loyiha uchun tirishib harakat qilgan boʻlsangizu, sherigingiz unga e’tibor ham qaratmagan boʻlsa-da, olingan foydani oʻrtadan boʻlishga har doim tayyor turishingiz zarur boʻladi.
  • hamkorlikning amal qilish muddati chegaralangan. Agar sheriklardan biri biron sababga koʻra biznesni tark etishga qaror qilgan boʻlsa, barcha murakkabliklar va noaniqliklar biznesda qolgan sherikning zimmasiga tushadi.

 

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, hamma narsaning oʻz kamchiliklari va shu bilan birga afzal jihatlari mavjud. Ish boshlashdan oldin har kim oʻz imkoniyatlarini baholab va muayyan sherik bilan kelajakni koʻra olishidan kelib chiqqan holda u yoki bu shaklni tanlashi mumkin.

 

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.