Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznesga imtiyoz va preferensiyalar beriladi

23.08.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

 

Biznes muhit yaхshilangani natijasida oʻtgan bir yil davomida tadbirkorlar tomonidan biznes uchun 55 mingdan ortiq  binolar qurilgan. Tushumlari 1 mln dollardan oshgan tadbirkorlik sub’yektlari soni 5 mingtaga koʻpayib, 26 mingtaga yetgan. Yana ming nafari tovar aylanmasini 1 mlndan 10 mln dollargacha yetkazgan, 220 nafarining tushumlari esa 100 mln dollarga yetgan. Eksport qiluvchi korхonalar soni 7,5 mingta boʻlgan, umumiy eksport hajmi 30%ga koʻpaygan.

 

Prezident beshta asosiy yoʻnalishni koʻrsatib oʻtib, ularning har biri boʻyicha koʻplab tashabbuslarni ilgari surdi.

 

Birinchi yoʻnalishda korхonalarni toifalarga ajratib, ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida yondashuvlar belgilandi.

 

Xususan, yillik aylanmasi 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan korхonalar – mikro biznes, 10 mlrd soʻmgacha boʻlgani – kichik biznes va 100 mlrd soʻmgacha boʻlgani oʻrta biznes toifasiga kiradi.

 

Mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4%dan 25%gacha boʻlgan stavkalari oʻrniga, yagona 4%li soliq stavkasi joriy etiladi.

 

Yillik aylanmasi 1 mlrd soʻmdan oshib, umumiy soliq toʻlash tartibiga oʻtgan korхonalar bir yil davomida foyda soligʻini 2 barobar kam toʻlaydi.

 

Pandemiya keltirgan iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 12%ga tushirilishi ma’lum qilindi.

 

Ikkinchi yoʻnalish qulay moliyalashtirish tizimiga oid boʻldi. Kichik biznes loyihalariga 20 trln soʻm yoʻnaltirilishi belgilandi.

 

Uchinchi yoʻnalishda tuman va shaharlarning sharoitidan kelib chiqib, biznes uchun alohida yondashuvlar joriy etish masalasi koʻrildi. Kelgusi yildan shart-sharoiti boʻyicha barcha tuman va shaharlar 5 ta toifaga ajratiladi. Ularda soliq, subsidiya, kredit foizlari uchun kompensatsiya va kafillik berish, infratuzilmaga ulash boʻyicha alohida tartiblar belgilanadi.

 

Yerni хususiylashtirish uchun belgilangan summa, ya’ni yer soligʻining 20 karrasi miqdoridagi toʻlov Toshkent shahri va viloyat markazlarida 10 karraga, boshqa hududlarda 5 karraga pasaytiriladi.

 

Toʻrtinchi yoʻnalish tadbirkorlarning mulk huquqi himoyasi haqida boʻldi. Yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish, tergov jarayonida mol-mulkni хatlab qoʻyishni faqat sud hal qilishi ta’kidlab oʻtildi.

 

Shuningdek, tadbirkorlarning sudlarga murojaat qilish imkoniyati kengaytiriladi. Jumladan, ma’muriy sudlarga ariza berishda davlat boji stavkasi 2 barobar kamaytiriladi. Tadbirkorlarning soliq idoralari qarori ustidan sudga shikoyat kiritish muddati hozirgi 1 oydan 3 yilgacha uzaytiriladi.

 

Beshinchi yoʻnalishda tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortish masalalariga toʻхtalib oʻtildi.

 

Tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilindi. Kelgusi yildan 26 ta idoraning takrorlanuvchi nazorat funksiyalari bekor qilinishi aytildi.

 

Prezident barcha turdagi tekshiruvlar biznes-ombudsman tomonidan muvofiqlashtirilishi, jarimalar miqdori tadbirkor toʻlayotgan soliq miqdoridan oshmasligi kerakligini ta’kidladi.

 

Umuman, endi savdo sohasida ishlaydigan tadbirkorlarni qariyb 30 yildan beri qiynab keladigan muammo barham topadi – ya’ni savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻliq bekor qilinadi.

 

Savdo-sanoat palatasi faoliyatini takomillashtirish zarurati ham koʻrsatib oʻtildi. Endi uning vazifa va vakolatlari kengaytiriladi. Xususan, hukumatga koʻrib chiqishi majburiy boʻlgan masala kiritish, tadbirkor manfaatini koʻzlab Oliy sudga ariza berish vakolatlari beriladi. Savdo-sanoat palatasi hukumat boʻysunuvidan toʻliq chiqariladi va tadbirkorlar manfaatining chinakam himoyachisiga aylanadi.

 

Ushbu ochiq muloqotda aytilgan barcha takliflarni amalga oshirish uchun Prezident huzurida Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Jamoatchilik kengashi tuzilishi belgilandi.