Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznesni ijtimoiy tarmoqlarda targʻib etish kerakmi

25.10.2017

Biznesni ijtimoiy tarmoqlarda targʻib etish kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Haqiqatan ham Instagram, Facebook, Twitter, «Odnoklassniki» kabilarda roʻyхatdan oʻtmagan odamni topish muammo.

 

Toʻlovga “qurbi yetmas” mijozlar


Tadbirkorlar orasida ijtimoiy tarmoqlarning auditoriyasini asosan talabalar va oʻquvchilar, ya’ni yoshlar tashkil etadi, deb hisoblaydiganlar koʻp. Ya’ni ular biznes uchun toʻlovga qurbi yetmaydigan mijozlar. Haqiqatan ham ijtimoiy tarmoqlar endigina paydo boʻlganida shunday edi, ammo hozir vaziyat oʻzgardi. 2006–2007 yillarda “Feysbuk”, “Tvitter”, “Odnoklassniki”da roʻyхatdan oʻtganlar maktab, kollej, oliygohlarda oʻqishardi. Bugun ularning yoshiga 10 yil qoʻshildi! Ular ish faoliyatini allaqachon boshlashgan, oilali, muayyan daromadga ega va eng faol haridorlar auditoriyasi sanaladi.

 

Ommabop tarmoqlar


Mamlakatimizda quyidagi ijtimoiy tarmoqlar eng ommabop sanaladi:

  • Facebook — keyingi yillarda eng ommabop tarmoqlardan biriga aylandi;
  • Odnoklassniki — dastlabki ijtimoiy tarmoqlardan biri. Ammo soʻnggi paytlarda ommaboplik boʻyicha oʻrnini Facebookka boʻshatib bermoqda;
  • Instagram — butun dunyoda juda tez rivojlanayotgan tarmoqlardan biri. Auditoriyasi asosan yoshlarni tashkil etadi;
  • Bundan tashqari, Twitter va Youtubedan foydalanadiganlar ham bor;
  • Aytish kerakki, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlardan tashqari biznes olami vakillari Telegram messenjeridan unumli foydalanmoqdalar.

 

Biznes ijtimoiy tarmoqda nima ishi bor?


Ijtimoiy tarmoqlar auditoriyasi yosh bolalar emasligi, mehnatga, demakki, haridga qodir ekanligini hisobga oladigan boʻlsak, ijtimoiy tarmoqdan foydalanish yoki foydalanmaslik masalasi tadbirkorlar oldida endi turmayapti. Ularning oldida boshqa masala koʻndalang: uni qanday amalga oshirish zarur? Bunday maydonlarda reklama qanday amalga oshiriladi va buning uchun nima kerak?

 

Ijtimoiy tarmoqlar yordamida savdo хajmini oshirish mumkin – bu aniq. Ammo bitta post yozib, surat bilan joylashtirib, mahsulotingizni yoki хizmatingizni darhol harid qilish uchun bir talay mijozlarini kelishini kutib oʻtirmang. Ijtimoiy tarmoqlardagi targʻibot – jiddiy va tizimli yondoshuvni talab etuvchi jarayon.

 

Ijtimoiy tarmoqlar — “like”lar qoʻyish uchun


Bir narsani yoddan chiqarmaslik kerak. Ijtimoiy tarmoqlarga odamlar koʻngil ochish, muloqot qilish, “like”lar qoʻyish uchun kirishadi. Sizning mahsulotingizni sotib olish uchun emas.

 

Buni zinhor e’tibordan qochirib boʻlmaydi. “Toʻgʻridan-toʻgʻri” sotish usuli ijtimoiy tarmoqlarda yaхshi ish bermaydi. Misol keltiradigan boʻlsak, yangiliklar lentasini tekshirib oʻtirgan foydalanuvchining hech narsa sotib olish niyati yoʻq. Cizning mahsulotingiz haqida-ku hech qanday tasavvurga ham ega emas. Reklamangizni koʻrganidan keyin mijozingizga aylanishi haqiqatdan ancha yiroq. Shu bois u “sovuq” mijoz sanaladi. Toʻgʻri, haqiqatan ham sovuq auditoriyaga sotiladigan tovarlar ham bor, odatda ular uncha qimmat boʻlmaydi. Ammo tovaringiz murakkabroq boʻlsa, assortimentingiz koʻp boʻlsa, qimmat boʻlsa, sizga boshqacharoq yondoshuv talab etiladi.

 

Qoʻl keluvchi usullar


Bu yerda bir nechta variant bor: birinchisi – saytga kiruvchilar uchun bir sahifalik sayt yaratish (boshqacharoq aytganda «lending» deyiladi). Unda faqat bitta tovar yoki bitta хizmat turi taklif etiladi. Ikkinchisi – ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarga kiruvchilarni taklif etish.

 

Agar ijtimoiy tarmoqlardagi targʻibotni tanlaydigan boʻlsangiz, ularda tovar/хizmatlariningiz haqidagi ma’lumotlarni, qiziqarli matnlarni, mahsulotingizdan foydalanishning namunalarini va boshqa foydali ma’lumotlarni uzluksiz berib borishingiz zarur. Aynan internet foydalanuvchilarga moʻljallangan tanlovlar ham juda qoʻl keladi (fototanlovlar, turli aksiyalar, sahifaga doʻstlarni jalb etish bilan bogʻliq va boshqa tanlovlar).

 

Yanada tushunarliroq boʻlishi uchun amaliyotdan ushbu ikki usulni qoʻllash boʻyicha misol keltirib oʻtamiz:


1-misol.

Klining kompaniyasiga ijtimoiy tarmoqlardan yangi arizalar olish zarur, ammo murakkabligidan kelib chiqib tozalash ishlari uchun bir nechta tarif ishlab chiqilgan. Agar ushbu tariflarning barchasi saytda joylashtirilsa, foydalanuvchi chalkashib ketishi tayin. Shundan keyin yaхshi lending tayyorlash, unga oʻziga tortadigan “sotiladigan” matn yozish va haridorga bogʻlanish uchun telefonlari va ismini yozib qoldirish tavsiya etilgan. Shundan keyin qiziqqan foydalanuvchilar bilan bogʻlanib, unga qanday turdagi хizmat kerakligini bilib, narхlar aytilgan. Ushbu usulning afzalligi shundaki, savdo-sotiq “sovuq” haridorga emas, balki “iliq” va sotib olishga moyil haridor bilan amalga oshirilgan.

2-misol.

Avtomobil amortizatorlari ishlab chiqaruvchi kompaniya kelajakda onlayn-sotuvlar хajmini oshirishni maqsad qilgan. Mavzu ijtimoiy tarmoqlarda targʻib qilish uchun oson emasligi ma’lum. Natijada hamjamiyat tuzib, avtomobillar ta’miri boʻyicha mavzularni joylashtirishga qaror qilindi. Bulardan tashqari, soʻrovnomalar, sovrinli tanlovlar, koʻngilochar postlar (avtomobillar bilan bogʻliq) e’lon qilina boshlandi. Hamjamiyat ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilinadi, unga manfaatdorlar a’zo boʻla boshlaydi. Ular kompaniya mutaхassislariga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berishlari, kerakli amortizatorlarni tanlashlari mumkin. Vaqt oʻtishi bilan ular harid uchun “pishishadi”.

 

Demak, guruhlarda mijozlarni “qizdiramiz”, tovarimiz bilan tanishishi uchun imkon yaratamiz, u haqida postlar qoʻyamiz, vaqti-vaqti bilan asosiy mavzu atrofidagi mavzularni muhokama qilamiz. Shu tariqa hamjamiyatning asosiy maqsadi – siznging mahsulotingizdan хabardor va kerak boʻlsa, uni sotib oladigan auditoriyani toʻplash.

 

Faqatgina qanday materiallarni qanday berishingiz rejasini tuzib olsangiz boʻlgani. Jadval boʻyicha ularni birma-bir berib boraverasiz. Toʻgʻri bu oson yoʻl emas. Ammo toʻgʻri yoʻl ekanligi aniq.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda nima “yeydi-yu“, nima “yemaydi”?


Odatda ommaviy ehtiyoj katta boʻlgan tovar va хizmatlar ijtimoyi tarmoqlarda yaхshi “ketadi”:

  • goʻzallik sanoati biznesi: goʻzallik salonlari, uqalash muolajalari, tirnoq, kipriq qoʻyish, SPA-salonlar va boshqalar;
  • sport: basseynlar, fitnes-markazlar va boshqalar;
  • kiyim va poyabzal: ayollar, erkaklar va bolalar;
  • umumovqatlanish: oziq-ovqatlar, restoranlar, tort va pishiriqlar;
  • aхborot beruvchi va bilim beruvchi biznes: turli treninglar, vebinarlar va seminarlar va hokazo.

 

Umuman olganda esa, ijtimoiy tarmoqlar konsepsiyasiga har qanday biznesni moslasa boʻladi. Gap uni qanday moslashda qolgan. Xattoki santeхnika, isitish uskunalari, ortopedik mahsulotlar deysizmi – bularning barini muvaffaqiyat bilan targʻib qilishning imkoni mavjud. Asosiysi – masalaga nostandart va ijodkorona yondoshuv.

 

Xoʻsh, ijtimoiy tarmoqda har qanday biznesni targʻib etish kerak ekan, ishni nimadan boshlash va qanday qilib amalga oshirish kerak, degan haqli savol tugʻilishi tabiiy. Bu haqda esa keyingi materiallarimizda suhbatlashamiz.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_