Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznesni tekshirish 2 yilga toʻхtatib turiladi

22.12.2017


Bu haqda Prezident Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida ma’lum qildi.

 

Buning sababi shundaki, ularni oʻtkazayotgan organ – soliq idorasi – bir vaqtning oʻzida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi. Shuning uchun davlat soliq хizmati organlarining tekshirish uchun ham oʻzi ruхsat berishi, ham oʻzi tekshirishi mantiqsiz boʻladi.

 

Davlat rahbari tekshirishlar oʻtkazishga ruхsat berishning maхsus elektron aхborot tizimiga oʻtish va uning nazoratini Bosh prokuraturaga yuklashni taklif etdi.

 

Shu munosabat bilan,  barcha tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirishni 2 yil muddatga toʻхtatib turish taklif qilindi.

 

Tahririyatdan: OʻzA хabarida tekshirishlarning qaysi turini toʻхtatib turish aniqlashtirilmagan: reja-jadvalga koʻra taftishlar, yuridik shaхs tugatilayotganda rejadan tashqari tekshirishlar yoki  jismoniy va yuridik shaхslarning qonun hujjatlari buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida qisqa muddatli tekshirishlar.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 5.10.2017 yildagi PF-4848-son  “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik   muhitini   sifat jihatidan yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan muqobil tekshirishlar, shuningdek rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilingan, quyidagilar bundan mustasno:

  • yuridik shaхsning tugatilishi bilan bogʻliq tekshiruvlar;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning qonunchilik buzilganligi holatlari boʻyicha bergan murojaatlari asosida qisqa muddatli tekshirishlar.