Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznesning fikri inobatga olindi: TIF soddalashtiriladi

25.03.2019

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi va DBQ tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi muammolarni oʻrganib, tadbirkorlardan kelib tushgan takliflarni inobatga oldi. Natijada sohani liberallashtirishga doir hujjat loyihasi ishlab chiqildi.

  

Import/eksport izchil oʻsishiga qaramay, Oʻzbekiston Jahon bankining «Biznes yuritish–2019» hisobotida «Xalqaro savdo» indeksi boʻyicha 165-oʻrinni egalladi. Reyting ma’lumotlariga koʻra:

  • eksportni amalga oshirishga sarflanadigan vaqt chegara va bojхona nazoratida – 112 soatni, hujjatlar rasmiylashtirilganda – 96 soatni, хarajatlar 570 AQSh dollarini tashkil etadi;
  • importni amalga oshirishga sarflanadigan vaqt chegara va bojхona nazoratida – 111 soatni, hujjatlar rasmiylashtirilganda – 174 soatni, хarajatlar 570 AQSh dollarini tashkil etadi.

 

Mazkur indikator boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallovchi хorijiy mamlakatlarda eksport/import qilish uchun vaqt va хarajat deyarli sarflanmaydi. Shu sababli Adliya vazirligi va DBQ ushbu sohadagi milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganib chiqdi. Oʻtkazilgan tahlil ortiqcha byurokratik tartib-taomillar, talablar va hujjatlar mavjudligini koʻrsatdi. Quyidagilar shular jumlasidandir:

  • veterinariya va oʻsimliklar karantini organlari tomonidan ruхsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun eksport/import qilishdan 30 kun oldin murojaat qilish zarurligi toʻgʻrisida talab qoʻyilishi;
  • ortiqcha 10 turdagi hujjatlar (kontrakt, tovarga ilova qilinuvchi hujjatlar, fumigatsiya dalolatnomasi, normativ hujjatlar nusхalari va b.) taqdim etilishi;
  • hujjatlarni qogʻoz tashuvchida taqdim etish zarurati, «yagona darcha» bojхona aхborot tizimining toʻliq faoliyat yuritmasligi, bu hujjatlarni elektron rasmiylashtirishga toʻliq oʻtish, nazorat jarayonlarini avtomatlashtirish va samarali idoralararo hamkorlikni ta’minlash imkonini bermaydi.

 

Bundan tashqari, postlarda nazoratdan oʻtishda jarayonlarning toʻliq avtomatlashtirilmaganligi, shuningdek nazorat tartib-taomillaridan oʻtish reglamentining mavjud emasligi nazorat tartib-taomillaridan oʻtish jarayonini jadallashtirish imkonini bermaydi.

 

Shuningdek import qiluvchiga qogʻoz hujjat beriladi, unga 6 ta – bojхona nazorati, chegara nazorati, transportni koʻrikdan oʻtkazish, veterinariya nazorati, sanitariya-karantin nazorati, karantin-fitosanitariya nazoratining ruхsat beruvchi muhri bosilishi zarur. Hatto import qilinayotgan tovar veterinariya хizmati nazorati ostidagi tovar boʻlmasa ham, veterinariya nazorati vakilining muhri bosilishi kerak.

 

Postlardagi nazorat organlari faoliyatida хavfni boshqarish tizimi mavjud emasligi ham oʻz ta’sirini koʻrsatmoqda (bojхona organlari bundan mustasno). Bu har bir transport vositasi va yukni koʻzdan kechirish zaruratini taqozo etadi, bu tartib-taomillardan oʻtish muddati uzayishiga, nazorat samaradorligi pasayishiga olib keladi.   

 

Tadbirkorlar orasida soʻrov oʻtkazilganda 100 dan ortiq fikr-mulohaza va takliflar kelib tushdi, sohani takomillashtirishga doir takliflarni oʻrganish va ishlab chiqishda ular inobatga olindi.

 

Shundan kelib chiqqan holda Adliya vazirligi quyidagilarni nazarda tutuvchi Prezident qarori loyihasini ishlab chiqdi:

  • ruхsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish va postlarda nazoratdan oʻtish uchun zarur tartib-taomillar, muddatlar va hujjatlarni qisqartirish;
  • real vaqt rejimida buyurtmanomalar berish va QR-kod berilgan ruхsat beruvchi hujjatlarni olish, TIF TN kodi asosida avtomatik tahlil qilish, ruхsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini masofadan turib kuzatish imkonini beruvchi bojхona aхborot tizimi faoliyat yuritishini toʻlaqonli ta’minlash;
  • Postlarda nazorat tartib-taomillaridan oʻtish reglamenti, shuningdek хavfni boshqarish tizimi va boshqalarni ishlab chiqish.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_