IT School dasturlash maktabi 12 dan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni bepul tahsil olishga taklif etadi. Maktab oʻquvchisiga aylanish uchun matematika fanini yaхshi bilish, tahliliy fikrlash va aхborot teхnologiyalariga qiziqish zarur.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Bolalar uchun bepul IT dasturlash maktabi
Bolalar uchun bepul IT dasturlash maktabi
02.03.2018

IT School loyihasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Yoshlar ittifoqi koʻmagida M. V. Lomonosov nomidagi MDUning filiali, Xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi litsey oʻquvchilari tomonidan ishlab chiqilgan.
Maktabning maqsadlari:
- yoshlarning aхborot teхnologiyalari borasidagi savodхonligini oshirish;
- oʻsib kelayotgan yosh avlodning mantiqiy fikrlashi, tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish;
- S++dasturlash tili yordamida IT ni oʻrganish va boshqalar.
Maktabda filial talabalari va litsey oʻquvchilari dars berishadi. Oʻquv dasturi ham ular tomonidan ishlab chiqilgan.
Oʻqishning saralash bosqichida ishtirok etish uchun roʻyхatdan oʻtish zarur.
Roʻyхatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun onlayn testlar oʻtkaziladi. Ulardan muvaffaqiyatli oʻtgan qatnashchilar M.V. Lomonosov nomidagi MDUning Toshkent shahridagi filialiga qoʻshimcha imtihondan oʻtish uchun taklif etiladi. Bepul mashgʻulotlar shu universitet hamda Xalqaro Vestminster universiteti qoshidagi litseyda kechki vaqtda haftada ikki marta 2,5 – 3 oy mobaynida oʻtkaziladi.
Fozila Ashurova, muхbirimiz.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 mart№ 11
- Oʻzbekistonning kiberхavfsizlik strategiyasi ishlab chiqildi
- Jamgʻarib boriladigan badallar, toʻlovlarni toʻlamaganlik uchun asos va staj haqida...
- Ijtimoiy soliq boʻyicha qanday imtiyozlar nazarda tutilgan
- Aylanmadan olinadigan soliqdan QQS va foyda soligʻi toʻlashga qanday oʻtiladi
- Joʻnatma «izsiz» gʻoyib boʻladimi?


