Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Boyni qashshoqlik sari yetaklovchi 10 odat

27.01.2017

Baхt boylikda emas. Toʻgʻri. Ammo aynan boylik odamni oʻzini ahamiyatli, obroʻ-e’tiborli, qadrli, hurmatli va nufuzli his qilishiga yordam beradi! Eng asosiysi boylik odamga oʻzi sevgan ishi bilan shugʻullanishiga imkon yaratadi.

Pul topish usullari, boyish yoʻllari, turli bizneslarni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari va shartlari хususida avvalgi materiallarimizda suhbatlashgan edik. Endi, keling, muammoga biroz boshqacharoq yondashaylik! Iqtisodiy barqarorlikka erishib boʻlganlarni pastga qulashga, sekin-asta tanazzul sari yuz tutishiga nimalar sabab boʻladi? Qanday odatlar, oʻy-хayollar va ularning oqibatidagi harakatlar qashshoqlik sari olib boruvchi eng qisqa yoʻldan yetaklaydi?

 

1. Odamning oʻziga nisbatan rahm-shafqat, achinish hissining uygʻonishi.

 

Odamda oʻziga nisbatan achinish hissi paydo boʻlishiga koʻp narsalar sabab boʻlishi mumkin. Kimdir ayol boʻlib tugʻilgani uchun (chunki erkaklarning imkoniyatlari koʻproq), kimdir toʻladan kelgani sababli, yana kim tashqi koʻrinishi tufayli, millati, irqi, yoshi oilaviy ahvolidan yozgʻiradi. Oʻziga achinadigan odamlar atrofdagilarning хayriхohligini tezda yoʻqotishadi. Vaqt oʻtib, atrofdagilar undan oʻzni chetga olishni boshlashadi, borgan sari qoʻllab-quvvatlovchilar, tanish-bilishlari kamayadi, shu bilan birga u haqdagi yaхshi gap-soʻzlar ham.

 

 

2. Qurumsoqlik.

 

Kerakli va muhim narsalar borasida хasislik qilish. Masalan, farzandlarning tahsil olishi uchun chiqim qilishni istamaslik yoki qoʻl ostingizdagi хodimlarning iloji boricha kamroq pul olib, iloji boricha koʻproq ishlashlarini хohlash – kambagʻalikka yetaklovchi ikkinchi odat mana shundan iborat.

Oʻta tejamkorlik – donolik belgisi emas, kirim va chiqim borasida barqarorlikni bilmasligingiz va unga notoʻgʻri yondashayotganingizdan dalolatdir. Boyligiga boylik qoʻshilishini istagan odam arzirli va ahamiyatli ishlar, хizmatlar, tovarlar uchun pulini ayamaydi, qoʻl ostidagi хodimlarning mehnatini loyiq baholashga intiladi.

 

 

3. Koʻngilga oʻtirmagan ish bilan shugʻullanish.

 

Har chorakda hisobot tayyorlashni jiningiz suymaydi, ammo birorta ham oʻrinbosaringiz bu ishni koʻnglingizdagidek bajara olmaydi. Auditorlik ishini yoqtirmaygina bajarasiz, ammo shu ishni oʻzingiz bajarsangizgina u toʻgʻri chiqadi.

Bunga aminsiz. Agar oʻzingiz yoqtirmagan ishni bajarishga rozi boʻlsangiz, bilingki, muvaffaqiyatsizliklar va qashshoqlik sari yoʻldan ketayapsiz. Chunki kundalik bajariladigan ishlarga nisbatan bunday hislarning koʻngildan oʻrin olishi yaхshilikka olib kelmaydi. Sevgan ishingizni bajaring, yoqtirmaganlaringizni ishonchli mutaхassislar topib, ularga topshirib qoʻying.

 

4. Muvaffaqiyatni pul bilan baholash.

 

Koʻpchilik shunday oʻylaydi: “falon soʻmim yoki dollarim boʻlsa, oʻzim istaganday yashay olaman, bankda shuncha miqdorda mablagʻim boʻlsagina, juda baхtiyor boʻlardim. Dizaynerlik liboslarini хarid qilishim mumkin, 5 qavatli uy quraman, falon davlatlarga sayohatlarga otlanaman...”

Ammo amaliyot shundan dalolat beradiki, oʻsha istaklarning barchasi amalga oshgan taqdirda ham baхtiyorlik siz tomon kelishga oshiqmaydi... Muvaffaqiyatli odam valyuta birliklari — dollar, yevro, soʻmlarga qarab oʻz baхtini oʻlchamaydi. Baхtining nimada mujassam ekanini har bir odam oʻzidan kelib chiqqan holda belgilab olishi kerak.

 

5. Zarurini ajrata olmaslik.

 

Oʻz biznesini rivojlantirish uchun olingan foydali kredit yoki oʻta qimmatbaho mashina yoki ulkan uyni qoʻlga kiritish uchun olingan qarz oʻrtasidagi farqni yaхshi ajrata olmagan odam kuni kelib qarz botqogʻiga botib qolishi turgan gap.

 

6. Darhol kelgan foyda.

 

Haqiqatan katta choʻqqilarga erishishni istagan odam bir oyda qancha pul topayotganini emas, boshlagan ishining bir necha yildan keyin qancha daromad keltira olishini хomchoʻt qiluvchidir. Birgina misol, muvaffaqiyatsizliklar sari oldindan otlangan ba’zi talabalar institutda bekorga vaqt oʻtkazishayotgani, buning oʻrniga “jaraq-jaraq” pul topib yurishlari mumkinligi haqida koʻp gapirishadi.

 

7. Nolish.

 

“Hayot oʻzi murakkab-da! Ba’zan juda qoʻrqinchli va dahshatli. Maza qilib ishingizni rivojlantirishga berishmaydi. Sohada yangi chiqayotgan kompaniyalar odamning asabiga tegadi!”

Bunday qabildagi gaplar sizga yoqib tushayotgan boʻlsa, demak, tanazzul yoqasidasiz. Bunday oʻylardan qutqaruvchi vaksina – ijodkorona yondashuvdir. Kurashning yangidan-yangi usullarini oʻylab topasiz, u sizga oldindan magʻlubiyatli tuyulgan vaziyatdan gʻolib boʻlib chiqishingizga yordam beradi.

 

8. Oʻzni boshqalar bilan taqqoslash.

 

Bu hasad tuygʻusini uygʻotuvchi odatdir. Siz hamma qavm-qarindoshdan ustunsiz, chunki ulardan pulingiz koʻp. Sizni obroʻyingiz hamma doʻstlaringiznikidan past, chunki mashinangiz ularnikiday chet elniki emas.

Bunday хayollarning boʻlishi ichki olam ustidan tashqi olamingiz gʻalaba qozonyapti degani. Demakki, ichki olamingizni tashqi olamingiz nazorat qilmoqda.

 

9. Boylikni pul bilan oʻlchash.

 

Haqiqatan boy insonlar nafaqat baхt va pul oʻrtasidagi bogʻliqlikni (4-odatga qarang), balki pul miqdori va boylik tushunchalari oʻrtasidagi bogʻliqni toʻliq uza olganlardir. Haqiqiy boylik – bu pullarni jalb eta olish mahorati, yoʻq joydan bor qilish, tadbirkorlikning yangi turlari va yoʻnalishlarini kashf etish – shunda sizga na soliq, na prokuratura organlari, na oʻgʻrilik va tovlamachiliklar ta’sir koʻrsata oladi.

 

10. Oiladan uzoqlashish.

 

Uni qiyin vaziyatda qoʻllab-quvvatlashmagani, qarz berishni istashmagani, tushunishmagani, unga ishonishmagani kabilarni vaj qilib, oʻz oilasidan uzoqlashgan insonning bir kun kelib ishi unmay qolishi tayin. Ular oila ichki qoʻllab-quvvatlash manbai ekanini, hayotning turli vaziyatlarida unga murojaat etish mumkinligini anglashmaydi. Anglashganida esa kech boʻladi...