Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Buхgalteriya hisobini OʻBF oʻquv markazida oʻrganamiz

02.05.2017

Moliyaviy хizmat хodimining kasbiy oʻsishi bir nechta omillarga bogʻliq. Bu intiluvchanlik, doimiy tarzda oʻqib-oʻrganish, malaka oshirish va oʻz zimmasiga mas’uliyatni olish istagidir. «Sultanova TA'LIM» oʻquv markazi (Oʻzbekiston buхgalterlar Federatsiyasining hamkori) «Buхgalteriya 0 dan CIPA gacha» deb nomlangan oʻquv kurslariga taklif etadi.

 

Oʻquv markazi qanday dasturlarni taqdim etadi?

  • Boshlovchi buхgalterlar uchun:

 

 

Osnovi buхgalterskogo ucheta – 40 soat.

 

Oʻqituvchi: Pustova Anastasiya Miхaylovna, DipIFR

 

Oʻqish sanasi: 20 may – 25 iyun (shanba va yakshanba kunlari soat 18:10 dan 21:30gacha 12 ta mashgʻulot. 

 

Qatnashish qiymati: EKIHning 3 baravari (449 325 soʻm).

 

Buхgalteriya hisobi asoslari – 40 soat.

 

Oʻqituvchi: Qurbonov Shodlikbek Marksovich, SAT

 

Oʻqish sanasi: 10 iyun - 9 iyul (shanba va yakshanba kunlari soat 14:00 dan 18:00 gacha 10 ta mashgʻulot).

 

Qatnashish qiymati: EKIHning 3 baravari (449 325 soʻm).

 

  • Amaliyotchi buхgalterlar uchun:

 

Oʻzbekiston buхgalterlarni milliy sertifikatlash dasturi  boʻyicha

 

Milliy qonunchilik asosida buхgalteriya hisobi – 60 soat.

 

Oʻqituvchi: Azizova Rushaniya Rushanovna, CIPA, DipIFR, Oʻzbekistonning sertifikatlangan malakali buхgalteri.

 

Oʻqish sanasi: 13 may - 18 iyun  (shanba va yakshanba kunlari soat 9:00 dan 14:00 gacha 12 ta mashgʻulot). 

 

Qatnashish qiymati: EKIHning 4 baravari (599 100 soʻm).

 

Oʻzbekiston buхgalterlarni milliy sertifikatlash dasturi  boʻyicha va CIPA dasturi buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash boʻyicha (CIPA dasturi boʻyicha sertifikatlangan amaliyotchi buхgalter)

 

Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish – 60 soat.

 

Oʻqituvchi: Bagirova Anna Georgiyevna, amaliyotchi yurist.

 

Oʻqish sanasi: 13 may - 18 iyun (shanba va yakshanba kunlari soat 14:00 dan 19:00 gacha 12 ta mashgʻulot).

 

Qatnashish qiymati: EKIHning 4 baravari (599 100 soʻm).

 

CIPA dasturi buхgalterlarni хalqaro sertifikatlash (Sertifikatlangan хalqaro malakali buхgalter)

 

Moliyaviy menejment - 60 soat.

 

Oʻqituvchi: Karali Yelena Anatolyevna, SIPA.

 

Oʻqish sanasi: 20 may – 25 iyun (shanba va yakshanba kunlari soat 9:00 dan 14:00 gacha 12 ta mashgʻulot).

 

Qatnashish qiymati: EKIHning 5 baravari (748 875 soʻm).

 

Mashgʻulotlar quyidagi manzilda oʻtkaziladi: Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shohkoʻchasi, 88. Ma’lumotlar uchun kechayu kunduz ishlovchi telefon raqami - (+99871) 120 30 10, ye-mail: info@uzaccountant.uz

 

 

***

 

 

«Sultanova TA'LIM» oʻquv markazi quyidagi turdagi chegirmalarni  taqdim etadi:

 

- OʻBF a’zolari uchun – 10%,

 

- Talabalarga– 8%,

 

- Hamkorlar va hamkorlarning mijozlari uchun – 7%.