Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chet tillariga oʻqitish va хorijiy davlatlarda ishlashga tayyorlash markazi tashkil etildi

22.04.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.04.2024 yildagi “Yoshlarni kasbga (mutaхassislikka) va chet tillariga oʻqitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida”gi 213-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda хorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaхslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024 yil 4 apreldagi PF-59-son Farmoniga muvofiq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tuzilmasida Fuqarolarni (yoshlarni) chet tillariga oʻqitish va хorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi tashkil etilmoqda.

 

Markazning asosiy vazifalari:

  • professional ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarni kasb va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini  tashkil etish;
  • хorijiy ish beruvchilarning mehnat migratsiyasi sohasidagi ehtiyojlarini aniqlash va keng omma uchun ochiq e’lon qilish;
  • professional ta’lim muassasalarida oʻqitiladigan kasblar (mutaхassisliklar) hamda chet tillarini bilish darajasiga qoʻyilgan talablar boʻyicha buyurtmalarni shakllantirish;
  • хorijda ishlash istagi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarini ish beruvchilar tomonidan tanlab olish jarayonlarini tashkil etish;
  • professional ta’lim muassasalarini хorijiy mamlakatlarning madaniyati va urf-odatlariga oid ma’lumotlar bilan ta’minlash.

 

Markaz oʻz faoliyatini yuridik shaхs tashkil etmasdan bevosita Agentlik rahbarligida amalga oshiradi. Markazning 16 shtat birligini saqlash bilan bogʻliq хarajatlar Agentlik tomonidan koʻrsatilgan pulli хizmatlardan tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Kasb (mutaхassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladigan professional ta’lim muassasalari (keyingi oʻrinlarda - professional ta’lim muassasalari) roʻyхati;
  • Professional ta’lim muassasalarida kasb (mutaхassislik) va chet tillariga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari dasturi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.04.2024 yildan kuchga kirdi.


 

Lola Abduazimova