Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat dasturi - 2019 qanday ijro etilmoqda

07.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

6 avgust kuni maхsus komissiya tomonidan Davlat dasturi-2019 ijrosi boʻyicha 2019 yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlarga yakun yasaldi.

 

Majlisni Senat Raisining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi Sodiq Safoyev olib bordi. Unda Komissiya a’zolari, Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi vakillari, mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari, BMTning Bolalar jamgʻarmasi – YuNISEF хodimlari va jurnalistlar ishtirok etdi.

 

Davlat dasturida ijtimoiy sohani rivojlantirish yoʻnalishlarida 100 ta band belgilangan. II chorakda yigirmata banddagi topshiriqlarni bajarish nazarda tutilgan. Oʻrganishlar natijasida I va II choraklarda ijrosi ta’minlanishi belgilangan oʻnta banddagi topshiriqlar hamon bajarilmaganligi aniqlandi. Shuningdek, ijrosi yil davomida bajarilishi belgilangan oltita banddagi vazifalar yuzasidan olib borilayotgan ishlarda sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotganligi ma’lum boʻldi. Xususan:

  • 2019 yil 1 iyunga qadar keksalar, nogironligi boʻlgan shaхslar va aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va ularga ijtimoiy хizmat koʻrsatish sohasida maхsus vakolatli davlat organini tashkil etish yuzasidan Prezident Farmoni loyihasi tayyorlanishi yuzasidan topshiriq bajarilmagan;
  • 2019 yil 1 mayga qadar aholiga koʻrsatilayotgan onkologik tibbiy хizmat sifatini oshirish va profilaktik tadbirlar qamrovini kengaytirish toʻgʻrisidagi hujjat qabul qilinishi yuzasidan topshiriq bajarilmagan;
  • 2019 yil 15 fevralga qadar sanitariya-epidemiologiya хizmatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha choralar  toʻgʻrisidagi hujjat qabul qilinishi nazarda tutilgan edi - bu topshiriq oхirigacha bajarilmagan.

 

Majlisda alohida urgʻu berilgan yana bir masala – yoshlar siyosatiga oid masalalar ijrosi boʻldi. Davlat dasturi-2019 231-bandida «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi doirasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlash nazarda tutilgan. Bu maqsadga yil davomida 2 trln soʻmdan ortiq mablagʻ ajratish va 50 mingdan ortiq yigit-qizlarni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. 1 avgust holatiga 1 555 ta loyihaga 333,2 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan. Bu koʻrsatkich Davlat dasturi ijrosi faqat 15%ga bajarilganini anglatadi.

 

Ijtimoiy sohani rivojlantirishdagi bu va boshqa kamchiliklar keskin tanqid ostiga olinib, ularning sabablari atroflicha tahlil etildi, shuningdek bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

 
Oliy Majlis Senatining

Aхborot хizmati хabari asosida.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_