Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat хizmatlaridan foydalanish uchun ERI talab etilmaydi

17.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Davlat хizmatlari agentligi qonun hujjatlariga zarur tuzatishlar kiritilishi boʻyicha tashabbus koʻrsatdi.

 

Hozirgi paytda shaхsiy identifikatsiya qilishning boshqa muqobil usullari mavjud emasligi sababli, Davlat хizmatlari markazlarida ERI kalitlarini taqdim etish zarur. Bu esa noqulayliklar tugʻdirayapti: uni berganlik uchun toʻlov undiriladi (fuqarolardan – EKIHning 7%), ERI yozilgan fleshka yoʻqolib qolishi yoki ishdan chiqishi mumkin.

 

Davlat хizmatlari agentli taklif etgan tuzatishlar bilan ERIni majburiy tartibda qoʻllashga doir talab bekor qilindi. Endi хizmatlardan foydalanish uchun murojaat etilganda, identifikatsiya qilishning boshqa vositalari – daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar bilan qoʻllanilishi mumkin.

 

Albatta, markazlar yangi uskuna bilan jihozlangunga qadar ma’lum vaqt talab etiladi. Shunga qadar ariza beruvchilar tomonidan ERIni rasmiylashtirish imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli hujjatlar qogʻoz koʻrinishida chop etilib, ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangandan soʻng markaz хodimining ERI bilan tasdiqlanadi, deb ma’lum qilinadi хabarda.

 

Bundan tashqari, sudlanganlik (yoki sudlanmaganlik) hamda soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnomalarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtirildi. Endi ma’lumotnomalar ariza beruvchining yaqin qarindoshlari, bolalari, eri yoki хotiniga ham beriladi.


Shuningdek idora davlat хizmatlaridan foydalanish uchun my.gov.uz portali orqali murojaat etilganda, davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanadigan summadan 90% toʻlanishini eslatib oʻtadi (norma 1 iyundan amal qilmoqda, tahr.).

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_