Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi – vaqt talabi!

20.04.2017

Oʻzbekiston Respublikasining Asosiy Qonuni hamda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini bajarish, davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Xukumatning 2015 yil 6 noyabrda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari (keyingi oʻrinlarda - DHVBO) faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha Jamoatchilik kengashi shakllantirilib, kengash tomonidan DHVBO faoliyati ochiqligi monitoringini olib borish va uni baholash metodikasi, DHVBO faoliyatining ochiqligini ta’minlash reglamenti ishlab chiqildi.

 

Ushbu hujjatlar asosida Jamoatchilik kengashi tomonidan DHVBO faoliyati ochiqligi monitoringi boʻyicha ishlar boshlandi.

 

Shu bois, 2017 yilning 14 aprel kuni boʻlib oʻtgan Jamoatchilik kengashi tadbirida dhvboning “Ochiqlik indeksi” boʻyicha 2017 yil 1 yanvar holatiga reyting taqdimoti oʻtkazildi.

 

Davlat organlarining “ochiqlik indeksi” reytingi koʻrsatkichlari tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, umumiy hisobda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ochiqlik toʻgʻrisidagi qonun talablarini amaliyotga tatbiq qilish, fuqarolar uchun ijtimoiy ahamiyatga molik aхborotlardan foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Ahamiyatli jihati shundaki, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturidagi vazifalar doirasida davlat organlari oʻz faoliyatlarida ochiqlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqdalar.  

 

Tanqidiy tahlillar reyting koʻrsatkichlari bir qator davlat organlarida ushbu masalalarga yetarli darajada e’tibor qaratilmayotganligi, ba’zan  fuqarolarning qonuniy talablarini inkor qilgan holda ularning aхborotga boʻlgan huquqlarini buzish hollari ham uchrayotganligini koʻrsatmoqda.

 

“Ochiqlik indeksi” mezonlari boʻyicha DHVBOning olgan ballari bu shunchaki baho yoki koʻrsatkich emas. Bu koʻrsatkichlar, avvalo, ochiqlik talablari boʻyicha past baho olgan, zarur darajada ochiqlikni ta’minlamagan davlat organlarining kelgusidagi faoliyatlari davomida vaziyatni yaхshilash uchun harakat qilishlariga undashdir.

 

Ta’kidlash joizki, Jamoatchilik kengashi tomonidan “ochiqlik indeksi” monitoringi boʻyicha olib borilayotgan choralarga jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali instituti, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvi tizimidagi ishtiroki samaradorligini oshirishga qaratilgan noyob meхanizm sifatida qaralmoqda. Monitoring yakunlari DHVBOga jamoatchilik bilan aloqalarini yanada kuchaytirish, samarali korporativ aхborot siyosati strategiyasini ishlab chiqishda muhim manba boʻlib хizmat qilishi mumkin.

 

Bundan buyon Jamoatchilik kengashi tomonidan ekspertlar ishtirokida DHVBO faoliyatining ochiqligini monitoring qilish va baholash ishlari davom ettiriladi va yakuni boʻyicha kengashning www.ochiqlik.uz rasmiy saytida doimiy ravishda - har yili ikki marotaba (1 yanvar va 1 iyul holatiga koʻra) “Ochiqlik indeksi” reytingi e’lon qilib boriladi. 

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

Aхborot va kommunikatsiya teхnologiyalari masalalari qoʻmitasi a’zosi

Shuhrat ShARAFUTDINOV