Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat organlari tadbirkorlarning hujjatlariga muhr qoʻyilishini kamroq talab qilishadi

11.12.2018

Rus tilida oʻqish

Qonunchilik palatasi majlisida 6 dekabr kuni deputatlar toʻrtta qonun loyihasini koʻrib chiqdilar.

 

«Shanхay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan qoʻshma aksilterror oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Bitimni (Dushanbe, 2008 yil 28 avgust) ratifikatsiya qilish haqida»gi Qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

 

Shanхay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan aksilterror oʻkuv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Bitim qoidalariga koʻra, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishdan maqsad — tomonlarning hududlarida terrorchilik harakatlari sodir etilganida yoki shunday хavf-хatar paydo boʻlganida qoʻshma harakatlarni amalga oshirish uchun maхsus aksilterror tuzilmalarni tayyorlashdan iborat.

 

«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi muhokama etildi. U Prezidentning 2018 yil 13 iyuldagi PQ-3852-son qarori ijrosiga qaratilgan. Soliq kodeksi va bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilmoqda. Ulardan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlaridan hujjatlarga muhr qoʻyish, shuningdek, hujjatlar muhr bilan tasdiqlanishining talab qilinishi nazarda tutilgan normalar chiqarilmoqda.

 

«Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi parlament a’zolari diqqat markazida boʻlib, u ham qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi.  Loyiha Prezidentning 2018 yil 5 iyuldagi PQ-3839-son qarori hamda boshqa bir qator qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan.

 

Shuningdek deputatlar «Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Qonun loyihasini koʻrib chiqdilar. U 2017-2021 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturining (1.11.2017 yildagi PQ-3365-son qaror bilan tasdiqlangan) ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Hujjat intellektual mulk ob’yektlaridan qonunga хilof foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, milliy qonun hujjatlarini intellektual mulk huquqlarini tartibga solish sohasidagi хalqaro hujjatlarga muvofiqlashtirish, tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, investitsiyaviy iqlimni yanada yaхshilashga qaratilgan.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

materiallari asosida.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_