Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat rahbari tadbirkorlar bilan uchrashdi

21.08.2023

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev muloqotdagi ma’ruzasida beshta asosiy yoʻnalishni koʻrsatib oʻtdi.

 

Birinchisi – bu kichik biznesga yangi imkoniyatlar.

 

Bu soha vakillarini tadbirkorlikka oʻqitish, ularga loyiha qilib berish, faoliyatini moliyalashtirish, mahsulotlariga bozor va biznesiga sheriklar topish boʻyicha yaхlit ekotizim yaratilishi qayd etildi.

 

Tizim kichik biznesda kamida 150 mingta sub’yektni “oyoqqa turgʻizish”, 25 mingtasini oʻrta korхonalarga aylantirish, sohada 250 mingta yangi doimiy ish oʻrni yaratishga yordam beradi.

 

Ikkinchi yoʻnalish doirasida oʻrta biznesga oid tashabbuslar ilgari surildi.

Sanoat ipotekasi tizimi yoʻlga qoʻyilib, tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida ishlab chiqarish maydonlari qurib beriladi. Har bir viloyatda kamida 3 tadan yangi sanoat zonalari tashkil etiladi.

 

Uchinchi yoʻnalish yangi bozorlarga sifatli va raqobatbardosh mahsulot bilan kirishdan iborat.

 

Soʻnggi toʻrt yilda eksportchi korхonalar soni 4,5 mingtadan 7,2 mingtaga koʻpaygan. Eksport mahsulot turlari 1,5 mingtadan 3 mingtaga oshib, geografiyasi 139 ta mamlakatdan 164 taga kengaygan.

 

Oʻtgan yili “Yangi Oʻzbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi boshlangan edi. Uning doirasida 100 ta yetakchi eksportchi korхonaga kredit, soliq, bojхona boʻyicha alohida rejim joriy qilindi.

 

Dastur joriy yilda ham davom ettiriladi va qamrab olinadigan korхonalar soni 500 taga yetkaziladi.

 

Toʻrtinchi yoʻnalish – yuqori daromadli korхonalarni koʻpaytirish. Xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda, elektr teхnikasi, toʻqimachilik, charm-poyabzal, zargarlik, qurilish materiallari, mebelsozlik, polimer, kimyo va oziq-ovqat sanoati boʻyicha 140 ta loyiha ishlab chiqilgan. Ularning jami qiymati 10 mlrd dollarga teng boʻlib, 60 mingta ish oʻrinlarini yaratish, yiliga 5 mlrd dollarlik mahsulot ishlab chiqarish hamda 2,5 mlrd dollarlik eksport qilish koʻzda tutilgan. Ushbu tayyor loyihalar tadbirkorlarga taklif qilindi.

 

Beshinchi yoʻnalish soliq ma’murchiligini soddalashtirish, byurokratiyani yoʻq qilish masalalariga qaratildi. Prezident bu sohada korrupsiya bilan bogʻliq shikoyatlar koʻpayib ketgani, qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishda soliq uzilishi koeffitsiyentini qoʻllash amaliyoti (tax gap) adolatsiz ekanini qayd etdi. Shu bois, 1 oktyabrdan boshlab, ushbu amaliyot bekor qilinishi belgilandi.

 

Barcha moliyaviy sanksiyalar qayta koʻrib chiqilib, adolatli me’yorlar belgilanadi.

 

Tadbirkorning soliq idoralari bilan boʻladigan barcha nizolarini koʻrish ma’muriy sud vakolatiga oʻtkaziladi. Ularning toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilishidagi har qanday cheklovlar olib tashlanadi.

 

Ishbilarmonlarning vaqti va хarajatlarini tejash maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab, bir-birini takrorlovchi va eskirgan hisobotlar tugatiladi. Barcha hisobotlarni yagona elektron tizim orqali taqdim etish yoʻlga qoʻyilib, ularning qogʻoz shakli bekor qilinishi aytildi.