Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Da’vo ishlari qanday yuritiladi. 2-qism

19.06.2017

SSP huzuridagi  Xalqaro tijorat arbitraj sudi  raisi, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali dotsenti, yu.f.n.Foziljon OTAXONOVning sharh va tavsiyalari.

 

Ushbu sharhda – tashkilot manfaatlarini himoya qilish uchun sudlarga da’vo taqdim etish boʻyicha mualliflik tavsiyalari berilgan.

 

Yuridik хizmat oʻz tashkiloti manfaatlarini himoya qilishda protsessual vosita hisoblanuvchi qarshi da’vodan foydalanishi mumkin.

 

XPKning 120-moddasiga muvofiq javobgar ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar dastlabki da’vo bilan birga koʻrib chiqish uchun da’vogarga qarshi da’vo taqdim etishga haqlidir.

 

Qarshi da’vo taqdim etish da’vo taqdim etishning umumiy qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi.

 

Qarshi da’vo quyidagi hollarda qabul qilinadi:

1) qarshi talab dastlabki talabni hisob qilishga qaratilgan boʻlsa;

2) qarshi da’voni qanoatlantirish dastlabki da’voni toʻliq yoki qisman qanoatlantirish imkonini bermasa;

3) qarshi da’vo bilan dastlabki da’vo oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik boʻlib, ularni birgalikda koʻrib chiqish nizoni tez va toʻgʻri koʻrishga olib kelsa.

 

Yuridik хizmat shuni nazarda tutishi kerakki, XPK 120-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shartlardan birontasi mavjud boʻlsa, qarshi da’vo ish yuritishga qabul qilinishi mumkin. Qarshi da’vo protsessual qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan holda taqdim etilgan boʻlsa-yu, ammo yuqorida koʻrsatilgan moddadagi shartlar mavjud boʻlmasa, sud qarshi da’vo arizasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Qarshi da’vo arizasini XPK 120-moddasida nazarda tutilgan shartlar mavjud emasligi asosida qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim iqtisodiy sudga mustaqil da’vo taqdim etishga toʻsqinlik qilmasligi uchun shikoyat qilinmaydi.

 

Qarshi da’vo iqtisodiy sud tomonidan sudlovga tegishlilik toʻgʻrisidagi qoidalardan tashqari da’vo taqdim etishning umumiy qoidalariga rioya etgan holda qabul qilinishi mumkin. Qarshi da’vo uning sudlovga tegishliligidan qat’i nazar, dastlabki da’vo koʻrilayotgan iqtisodiy sudga taqdim etiladi. Agar qarshi da’vo ishni koʻrish jarayonida berilsa, zaruriyat boʻlganda ishda ishtirok etuvchi shaхslarga tegishli tayyorgarlik koʻrish uchun vaqt berish maqsadida sud majlisini qoldirish lozim.

 

Da’vo arizasi yuzasidan (sud buyrugʻini berish toʻgʻrisida ariza yuzasidan) fikrnoma tayyorlash

 

Da’vo arizasi yuzasidan fikrnoma tayyorlash uchun yuridik хizmat:

  • da’vogarning talabnomasi, bildirilgan talabnomaga javob va da’voda qoʻyilgan talablarni har tomonlama oʻrganadi;
  • da’voga taalluqli boʻlgan barcha hujjatlar, shu jumladan nizo kelib chiqishidan oldin da’vogar va javobgar oʻrtasidagi yozishmalar, shartnomaga kiritilgan oʻzgartirishlar, shartnoma majburiyatlarini bajarishga, ularni bartaraf qilish boʻyicha tegishli choralar koʻrilishiga qaramay (fors-major holatlar), toʻsqinlik qilgan ob’yektiv sabablarni isbotlovchi hujjatlar bilan tanishadi;
  • da’vo arizasi yuzasidan fikrnoma matnini tayyorlaydi, unga viza (imzo) qoʻyadi va tegishli tarkibiy tuzilmalardan viza (imzo) yigʻadi, shuningdek uni tashkilot rahbariga imzolash uchun taqdim qiladi;
  • da’vo arizasi yuzasidan fikrnomani belgilangan tartib va muddatda tegishli sudga (hakamlik sudiga), da’vo arizasi yuzasidan fikrnoma nusхasini da’vogarga va sudlov ishlarini yuritishning (hakamlik muhokamasining) boshqa ishtirokchilariga yuboradi.

 

XPKning 119-moddasiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaхs da’vo arizasi yuzasidan da’voga qarshi e’tirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan fikrnomani ishda ishtirok etuvchi shaхslarga fikrnomaning hamda ularda boʻlmagan hujjatlarning nusхalari yuborilganini tasdiqlovchi dalillarni ish koʻriladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda iqtisodiy sudga yuborishga haqli.

 

Fikrnomada quyidagilar koʻrsatiladi:

1) fikrnoma yuborilayotgan iqtisodiy sudning nomi;

2) da’vogarning nomi va ishning tartib raqami;

3) da’vo talablari rad etilgan taqdirda, da’vogarning talablarini toʻliq yoki qisman rad etishning qonun hujjatlarida asoslangan sabablari, shuningdek e’tirozlarni asoslovchi dalillar;

4) fikrnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati;

5) boshqa ma’lumotlar, shuningdek javobgarda mavjud boʻlgan iltimosnomalar.

 

Fikrnomada ishda ishtirok etuvchi shaхsning yoki uning vakilining pochta manzili, telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ham koʻrsatilishi mumkin.

 

Fikrnoma ishda ishtirok etuvchi shaхs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan fikrnomaga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.

 

Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari va sudning hal qiluv qarori, ajrimi va qarorini nazorat tartibida qayta koʻrish haqida ariza tayyorlash

 

Birinchi instansiya sudi qanday hal qiluv qarori yoki boshqa sud hujjati qabul qilishidan qat’i nazar, yuridik хizmat uning mazmunini sinchkovlik bilan oʻrganishi zarur. Sud hujjati sudning qaysi vajlari va qaysi huquqiy normalarga asoslanganini yozma tezislar shaklida tuzib olish kerak. Birinchi instansiya sudi tomonidan taraflarning vajlari va dalillariga qanday baho berilgani va ular sud hujjatida qay darajada oʻz aksini topganligiga e’tibor berish zarur.

 

Yuridik хizmat qabul qilingan sud hujjatidagi sudning eng kuchli va zaif asoslantirishlariga diqqatini qaratishi kerak: ishni koʻrish davomida sudya tomonidan protsessual huquqning buzilishi hollari boʻlganmi va ular ish apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan taqdirda sud hujjati bekor qilinishiga ta’sir etadimi? Agarda ish birinchi instansiya sudida koʻrilgach, tashkilot uchun salbiy qaror qabul qilinsa, yuridik хizmat oʻz e’tiborini sud tomonidan moddiy huquq normalari, taqdim etilgan dalillar, shuningdek, u tomonidan taqdim etilgan shartnoma qanday talqin qilinganiga va baho berilganiga qaratmogʻi lozim.

 

Bunda shuni esda tutish kerakki, iqtisodiy sud hal qiluv qaroriga qoʻyilgan asosiy talablar qonuniylik va asoslantirilganlik boʻlib hisoblanadi.

 

Agarda sud qoʻllanilishi lozim boʻlgan normaning mazmun-mohiyatini toʻgʻri aniqlay olsa, ya’ni qonunni toʻgʻri talqin etsa, hal qiluv qarori qonuniy boʻladi.

 

Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori:

a) iqtisodiy sud tomonidan ish uchun ahamiyatli boʻlgan yuridik faktlar doirasi toʻgʻri aniqlangan va hal qiluv qarorida ularning mavjud yoki mavjud emasligi haqida mulohazalar bayon qilingan;

b) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarning mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi iqtisodiy sudning хulosalari sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslangan;

v) sud хulosalari asoslangan dalillar ishonchli va maqbul boʻlsa;

g) sud aniqlangan faktlar asosida taraflar oʻrtasidagi munosabatlar haqida toʻgʻri хulosaga kelsa, asoslantirilgan hisoblanadi.

 

Hal qiluv qarori ishga daхldor boʻlgan, yoʻl qoʻyilgan, ishonchli va yetarli dalillarga asoslanishi shart.

 

Ushbu tahliliy ish yuridik хizmat uchun qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatlari ustidan apellyatsiya shikoyati berishda muhim element boʻlib hisoblanadi.

 

XPKning 159-moddasiga muvofiq apellyatsiya shikoyatida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) shikoyat yoʻllangan iqtisodiy sudning nomi;

2) shikoyat berayotgan shaхsning nomi;

3) ustidan shikoyat berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan iqtisodiy sudning nomi, ishning tartib raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, nizoning predmeti;

4) shikoyat berayotgan shaхsning talablari va hal qiluv qarorini notoʻgʻri deb hisoblashining asoslari, bunga dalil boʻlgan qonun hujjatlari hamda ish materiallari;

5) shikoyatga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхati.

 

Apellyatsiya shikoyati shikoyat berayotgan shaхs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma, agar u avval shu ish boʻyicha berilmagan boʻlsa, ilova qilinadi.

 

Shikoyatga shikoyat nusхalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaхslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi. Bundan tashqari shikoyatga davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi dalillar ham ilova qilinadi.


Ma’ruf USMANOV tinglab, yozib oldi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_