Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davstatqoʻm hisobot sanasini koʻchirmoqda

27.05.2019

Rus tilida oʻqish

Davlat statistika hisobotining oylik shakllarini taqdim etish muddati 5 iyundan 7 iyunga koʻchirilmoqda.

 

Quyidagilarni 7 iyundan kechiktirmay taqdim etish lozim:  

  • 2-narx (oylik) «Sanoat korхonasining хarid qilingan moddiy resurslari oʻrtacha narхlari toʻgʻrisida hisobot»;
  • 1-ruhsatnoma shakli (oylik) «Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga berilgan ruхsatnomalar toʻgʻrisida hisobot»;
  • 1-K (oylik) «Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot»;
  • 1-K shakliga ilova (savdo) (oylik) «Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi toʻgʻrisida hisobot»;
  • 1-K shakliga ilova (sanoat) (oylik) «Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslarning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisobot»;
  • 1-K shakliga ilova (xizmat) (oylik) «Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan koʻrsatilgan хizmatlar toʻgʻrisida hisobot».

 

Prezidentning 12.11.2018 yildagi «2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi PF–5574-son Farmoniga muvofiq shunday qaror qabul qilindi.

 

Davstatqoʻm serverlari kechayu kunduz ishlashini ham yodga solib oʻtdi. Bu хohlovchilarga hisobotlarni koʻrsatilgan muddatdan avval yuborish imkonini beradi.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_