Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi

Davstatqoʻm hisobot topshirish muddatlarini koʻchirdi

25.12.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 12.11.2018 yildagi «2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi PF–5574-son Farmoni e’lon qilinishi munosabati bilan statistika hisobotlarini topshirish muddatlari oʻzgartirildi, deya xabar beradi Davstatqoʻm.

 

Davstatqoʻm serverlari kunu tun ishlaydi, hisobotni xohishga koʻra jadvalda koʻrsatilgan muddatdan avval yuborish mumkin.

 

Hisobot shakli

Topshirishning yangi muddati

  • 6-son 1-qurilish (choraklik) «Ijtimoiy soha ob’yektlari qurilishi toʻgʻrisida hisobot»;
  • 12-son 2-invest (choraklik) «Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida hisobot»;
  • 13-son 1-ID (choraklik) «Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobot»;
  • 18-son 3-sanoat (choraklik) «Import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida hisobot»;
  • 33-son 1-QX (choraklik) «Qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot»;
  • 35-son 1-FX (yilda 2 marta, 1 iyul va 1 yanvar holatiga) «Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot»;
  • 36-son 1-DX (yilda 2 marta, 1 iyul va 1 yanvar holatiga) «Dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot»;
  • 37-son 1-meva-sabzavot (choraklik) «Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi toʻgʻrisida hisobot»;
  • 45-son 1-mehnat (choraklik) «Mehnat hisoboti»;
  • 47-son 1-BX (choraklik) «Boshqaruv organi xodimlari soni toʻgʻrisida hisobot»;
  • 54-son 1-transport (choraklik) «Avtomobil transporti ishi toʻgʻrisida hisobot»;
  • 58-son 7-transport (choraklik) «Tramvay, metropoliten, trolleybus transporti toʻgʻrisida hisobot»;
  • 61-son 9-transport (choraklik) «Quvur yoʻli transporti faoliyati toʻgʻrisida hisobot»;
  • 103-son 1-K (oylik) «Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot»;
  • 103/1-son 1-K shakliga ilova (savdo) (oylik) «Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi toʻgʻrisida hisobot»;
  • 103/2-son 1-K shakliga ilova (sanoat) (oylik, yillik) «Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisobot»;
  • 103/3-son 1-K shakliga ilova (xizmat) (oylik) «Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida hisobot»;
  • 103/4-son 1-K shakliga ilova (EIZ) (choraklik) «Erkin iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark, paxtachilik-toʻqimachilik klaster tarkibiga kiruvchi tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot»;

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2019 yil 5 yanvardan kechiktirmay

 

  • 2-son 2-narx (oylik) «Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari oʻrtacha narxlari toʻgʻrisida hisobot».

2019 yil 7 yanvardan kechiktirmay




 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami ix razmeshcheniya.
Gost_