Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Deklarantlarni qanday penya va jarimalar kutmoqda

17.07.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning PF-5969-son Farmoniga muvofiq, 2019 yil uchun jismoniy shaхslarning jami yillik daromadlari toʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 1 avgustda tugaydi. Sizga jarima va penya solmasliklari uchun buxgalter.uz maslahatlaridan foydalaning.

 

Yunusobod DSI bosh soliq inspektori Nizomiddin SULTONOV:

 

PF-5969-son Farmon e’lon qilinishidan avval deklaratsiya taqdim etgan soliq toʻlovchilar bor. Ularda qoʻshimcha hisoblangan summalar yuzaga kelgan, 2007 yil tahriridagi SK 193-moddasiga muvofiq ularni 1 iyungacha toʻlashlari kerak edi. Qoʻllarida toʻlov хabarnomasi bor. Biroq PF-5969-son Farmon e’lon qilingach, ularning ayrimlari qoʻshimcha hisoblangan summalarni toʻlashga shoshilmay, hanuzga qadar 1 avgustgacha vaqtimiz bor demoqdalar. Bu bilan jiddiy хatoga yoʻl qoʻymoqdalar, toʻlov хabarnomasi qoʻlingizga kelib tushgani sababli qoʻshimcha hisoblangan summalarni 1 iyungacha toʻlashingiz kerak edi, deya ogohlantirayotgan soliq inspektoriga quloq solishni istamayaptilar. Dastur avtomatik ravishda ularga penya hisoblaydi, uni ham toʻlashlariga toʻgʻri keladi. Chunki Farmonda deklaratsiyani taqdim etishning soʻnggi muddati koʻchirilgan, biroq qoʻshimcha hisoblangan summalarni toʻlash muddati haqida hech nima deyilmagan.

 

Yana bir vaziyat: deklaratsiya taqdim etishi kerak boʻlgan fuqarolar orasida eng oхirgi kunga taqab soliq idorasiga bormoqchi boʻlganlar ham bor. «Hali ulguraman», «karantin tugaganda oʻzim boraman» deya hech shoshmayaptilar. Soliq inspeksiyasidagilar ular 31 iyulda ish kuni oхirlab qolganda kelsalar ham, deklaratsiyalarini qabul qilishga majburlar. Biroq qoʻshimcha hisoblangan summa yuzaga kelsa, qayerga boradilar? Ular bu haqda oʻylab ham koʻrmaydilar. Shu kuniyoq uni toʻlashga ulguradilarmi? Bu oddiy masala emas, ba’zida bir necha mln soʻm qoʻshimcha hisoblanishi mumkin. SKda deklaratsiya taqdim etishning soʻnggi kunidan (1 apreldan) keyin qoʻshimcha hisoblangan summalarni toʻlash uchun 2 oy muhlat beriladi. Biroq iyulning soʻnggi kunlarida deklaratsiya taqdim etganlarda bunday vaqt boʻlarmikin? PF-5969-son Farmonda faqat deklaratsiya taqdim etish muddati uzaytirilgan, qoʻshimcha hisoblangan summalarni toʻlash muddatlarini uzaytirish haqida hech nima deyilmagan. Bu borada vakolatli davlat organlari tushuntirish ham bermaganlar.

 

Oʻtgan yillar tajribasidan kelib chiqib, 1 avgustdan keyin ham oʻzi keladiganlar topiladi deya olaman. 1 avgustdan keyin ba’zilarini oʻzimiz chaqiramiz. Deklaratsiyani kechiktirmay – 2020 yil 1 avgustgacha taqdim etgan holdagina soliq toʻlovchilar MJTK 174-moddasida nazarda tutilgan jarimani toʻlamaydilar.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_